Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
MENGA HAYOTNI BER 
Sen mening dardimga qilibsan havas, 
Havasing kelibdi shifoxonamga. 
Demishsan: - Yor unga omad har nafas, 
Ayricha iltifot bor bu odamga.... 
Sen-ku, yovqur Inson, sog‘ va salomat
Tog‘larni yiqadi purkkan nafasing. 
Bilmadim, yuz bermish qanday adovat, 
Zaqqum dorularga kelmish havasing. 
Menga odam fe’li ayondir bir oz, 
Oshnoman men uning ginalariga. 
Ajabo, bor ekan sendek ishqiboz, 
Doktorning tig‘iyu ninalariga. 
Ruhimda osoyish, dilimda charog‘, 
Shifokor ahliga o‘qurman tahsin. 
Lekin xitob aylay senga ushbu chog‘: 
Olgin, dardlarimning olgin barchasin! 
Oydin palatalar sengadir tortiq
Shiftga boqqaningcha qomating kergil. 
Menga bu hashamlar kerakmas ortiq, 
Menga o‘z kulbai xonamni bergil. 
Jarroh nashtari ham sengadir nisor, 
Senga, tabobatning jami malhami. 
Menga-chi, bir umr baxsh etsin mador, 
Munis do‘stlarimning mehr olami. 
Darddan arimasin vujuding hech bir
Yo‘ldosh niyatingga yetishgin shitob. 
Menga mashaqqatli tiriklikni ber, 
Menga bo‘la qolsin mangu shu azob. 
Shoir yashamaydi aslo bealam 
Va biron kimsaga istamas balo. 
Lekin o‘zgalarning kulfatiga ham, 
Hasad qilganlarga shu tilak ravo... 
1985 
DIALEKTIKA 
Men hayotni sobit holda ko‘rmadim aslo, 
Tuzilgan u agarlardan va magarlardan. 
Deylik, biror firibgarga duch kelgan asno
Iboratmi deysan hayot firibgarlardan. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
Qattol urush davom etgan elning shoiri 
She’r bitadi hasratga yo g‘azabga to‘lib. 
Kimki agar biror dardning bo‘lsa asiri, 
Tuyuladi butun olam unga dard bo‘lib. 
Sevishganlar uchun esa dunyo bir jannat, 
Oy-chi, nondek tuyuladi qorni ochlarga. 
Butkul hayot diydasi yo‘q tosh erur faqat
Kuning qolsa deylik faqat bag‘ritoshlarga. 
Faylasuflar so‘z ochsa gar abadiyatdan, 
O’ylaysizki, har bir onim mangulikka yor. 
Inson zoti ayri tushmas aslo niyatdan, 
Ne tilasang shuni bergay, degan gap ham bor. 
Modomiki shundoq ekan tabiat asl
Sobit narsa qanday o‘zi? Boqiylik qayon?! 
Bo‘larmikan bu dunyoda bir murod hosil, 
Tugallikka yetisharmi biror kun jahon! 
Shoir ahli kuylarmikan bitta qo‘shiqni, 
Bormi ekan bu dunyoda oliy, komron dam. 
Quyosh bir kun chulg‘armikan har to‘rt ufqni, 
Tug‘ilarmi baxti komil, bus-butun odam? 
Bu - bir xayol, chorasi yo‘q armondir xolos, 
Hamishalik qo‘shni erur kunduz bilan tun. 
Yolg‘on dasti gar dunyoda bo‘lolmas daroz, 
Lekin haqning qo‘llari ham emasdir uzun. 
Chora bitta: Niyatingni ezgulikka bur, 
Faqat shunda go‘zal bo‘lib ko‘ringay falak. 
Yo‘qsa hasrat og‘ushida o‘tgaydir umr, 
Bamisoli o‘ra ichra qolgan kapalak... 
1985 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin