Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

KO’ZGU PARCHALARI 
Ko‘zgu parchalari yo‘lakda yotar, 
Unsiz sharpalari ruhimga botar. 
Yuzlarim aks etar bir parchasida
Ko‘zlarim aks etar bir parchasida. 
Birida osmon aks etsa agar
Birida qushlarning raqsi jilvagar. 
Olamning yaxlit bir suvratin ammo
Namoyon etolmas bu ko‘zgu aslo. 
Xilqat uning uchun but bo‘lmas mangu, 
Axir, parcha-parcha singan ko‘zgu bu. 
Meni ma’zur tutgin, muhtaram Inson
Suvrating chizolmay turibman hayron. 
Bir kun fazilating olsam qalamga
Bir kun qabihliging yoygum olamga. 
Bir kun ko‘z yoshlaring qog‘ozimdadir, 
Bir kun zaharxandang ovozimdadir. 
Bir kun o‘tmishingdan faryod solurman
Bir kun iqbolingdan o‘yga tolurman. 
Sening bo‘y-bastingni ko‘rsatmoq uchun, 
Ko‘zgu kerak axir yaxlit va butun. 
Shoir yuragi-chi, olamda yakkash 
O’sha chil-chil singan ko‘zguga o‘xshash. 
1985 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin