Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


OTALAR ILGIDA ZAMON BILAN VAQT



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

OTALAR ILGIDA ZAMON BILAN VAQT 
Otalar sha’niga loyiq so‘z demoq 
Tabarruk bir kitob yozish bilan teng. 
Ularning mehri-ku, bamisli charoq, 
Bag‘ri ham yulduzli osmon kabi keng. 
Sharqona tashbehni olsam gar yodga, 
Bir nomi buzurgu bir nomi faqir. 
Zaminni kaftida tutib, avlodga 
Bus-butun yetkazgan otalar, axir. 
Yuksak-yuksaklarda uchgan sor lochin 
Nazar uzmagandek polaponidan. 
Bardavom naslini asramoq uchun 
Axir ota qavmi kechgan jonidan. 
Non, degan farzandning dardli xitob 
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan. 
Bardoshli umrning zaqqum zardobi 
Sochlari qirovdek ko‘pirib chiqqan. 
Taxti Sulaymondan balanddir beshak 
Ota deb atalgan martabayu baxt. 
Farzand bunyod bo‘ldi, o‘lim yo‘q demak 
Otaning ilgida zamon bilan vaqt. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
Men ko‘kka termulib kutmasman madad 
Do‘st izlab har yonda kezmasman sarson 
Do‘stu madadkor ham otadir abad, 
Shoni - shoning erur, armoni – armon. 
1987 
ESKI QUDUQ 
Hamma biladigan rivoyat buldir: 
Emish Iskandarning bor ekan shoxi. 
Uni yashirolmay sartarosh qurg‘ur 
Quduqqa aytibdi, shuldir gunohi. 
Yashab kelmoqdaman o‘zimga ko‘ra, 
O’tgan-ketgan sirdan ko‘nglim erur to‘q. 
Lekin nedir menga yetishmas sira, 
Balki yetishmaydi u eski quduq. 
1987 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin