Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

IRIM 
(Hazil) 
Kim nimani aylasa armon
Qo‘msab kelgan o‘shani azal. 
Ataganlar qizni O’g‘ilxon, 
Bu - o‘g‘ilga ishora, masal. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
Hozir mehr bulog‘i tindi, 
Bu holni ham irimga yo‘ying. 
Qizlaringiz tug‘ilsa endi, 
Nomlarini Mehrixon qo‘ying.  
1988 
TOQAT 
Bozordan tutoqib qaytar uyga chol
Go‘sht qayda? Yog‘ qani? Va’da so‘zdami? 
Kampiri xo‘rsinib yupatar darhol: 
- O’kinmang, taqchillik faqat bizdami? 
Yonboshlab gazeta varaqlaydi chol
To‘polon chiqibdi zavod, Vuzdami. 
Kampiri yupatar surgancha xayol: 
- O’ylamang, janjal ham faqat bizdami? 
Oqshom televizor ko‘rayotib chol 
Birdan sapchib tushar. Esi o‘zdami? 
- Davlatga tosh otdi kimdir bemalol 
Kampiri yupatar: faqat bizdami?! 
Toqatim toq bo‘ldi, deydi endi chol
Toqat yurakdami? Toqat ko‘zdami? 
Kampiri yer chizib shivirlar behol: 
Chidang-da, toqat ham faqat bizdami?! 
1988 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin