Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
Nasib etarmikan biror kun visol
Nasib etarmikan tutmoq qo‘lingni. 
Va yo noshud qolgan munajjim misol, 
Poylab o‘tarmanmi qaytar yo‘lingni... 
1988 
* * * 
Soch ham to‘kilmoqda, omonatdir tish, 
Izg‘irin yurakka urayotir nish, 
Bahorim beto‘xtov qish tomon o‘tdi, 
Yoz, kuzni qisqartdi mashaqqat, tashvi 
1988 
BIZ 
Biz avval ham yomon edik, hanuz yomonmiz, 
Rahmon boqmas, iblis yoqmas sho‘rlik inson 
So‘z so‘zlasak - mahmadona, jim tursak - soz 
Shu tariqa, na bug‘doymiz va na somonmiz. 
1988 
TARAQQIYOT 
Hozir gadolar ham g‘oyat mukammal
Ishni diplomatik yo‘ldan boshlaydi. 
Egasidan u-bu so‘rashdan avval 
Itiga, albatta, suyak tashlaydi. 
1988 
GAP BITTA 
Parvo qilma, bo‘lmaganni bo‘ldiramiz, 
Paymonasi to‘lmaganni to‘ldiramiz. 
Bir zamonlar otar edik, osar edik, 
Endi esa majlis qilib o‘ldiramiz. 
1988 
O’ZIMIZ 
Sen bizni kechirgin, ey Navro‘zimiz, 
G’aflatda chalg‘idi ul kun ko‘zimiz. 
Yuzingga shapaloq tortib yubordik
Sho‘rpaxta bosamiz endi o‘zimiz. 
1988 
DO’RMONDA KUZ 
Bog‘imda mushuklar qoldirgan edim, 
Daydib ketibdilar bechoralarim. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
Barglarin to‘kmoqda daraxtlar qadim, 
U bilan to‘kilar ezgu dardlarim. 
Senga salom deyman so‘ng bor, behijon 
Endi yerga yotding, soyabonim barg. 
Nechun o‘ksik qolding, chinor, jonajon 
Bog‘larga nahotki keldi bodi marg. 
Arg‘uvon gullardi bu yerda abad, 
Bu yerda kuylardi azal bulbullar. 
Qushlarim, siz bizni tark etmang minut 
Tag‘in ochilingiz bizning ey, gullar. 
Sira ko‘z tegmasin qizg‘in ulfatga, 
Qishda ham yashnaylik samoviy oydek. 
Sizni taklif etar she’riy suhbatga 
Mirtemir, Shayxzoda, albatta, Oybek. 
1988 
QUSH TILI 

Bo‘ron, sen sham uzra guvlayverma, bas, 
Arslondek o‘kirib chekaverma sas. 
Shamni o‘chirmoqlik juda ham oson, 
Unga yetar bitta “puf” degan nafas. 

Fe’lini kuzatib sodda bolamning, 
Tashvishin o‘ylayman chigal olamning. 
Soddalik yaxshi-ku, lekin ko‘pincha 
Ishi yurisharkan qitmir odamning. 

Qushlarning tilida faqat bir oyat
U inson uchun ham ibratdir g‘oyat. 
Qushlar der:. Iloyim, qafasga tushma, 
Tushgan bo‘lsang gar, chiqqil nihoyat. 

Bir hazil to‘qidim bugun senga deb, 
Chaqaloq yig‘laydi nega .inga. deb. 
Inga-inga. sining ma’nosi shulki, 
Da’vo qilayotir .menga., .menga. deb. 

Mayliga, raqibing bo‘lsin har nima, 
Nazar sol hattoki yetti qat yerga, 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
Qiyos topilgaydir o‘tgan umrga: 
Oltinga aylangan yaxshilar xoki, 

Bir dono bazmining guvohi bo‘ldim, 
Shodumon davrada o‘ynadim, kuldim. 
Bazmining boisin so‘rasam, dedi: 
- Bugun men nodondan qochib qutuldi 

Azaliy haq gapni yashirmoq nechun 
Zavol yo‘q eng asl iste’dod uchun. 
Agarda koinot tegirmon bo‘lib, 
Olamni yanchsa ham, qolgay u butun. 

Eski alifboni dilga qilsang jo
Mana bu hikmatni unutma aslo: 
Egri niyatiyu yuvuqsiz qo‘lni 
Sira yoqtirmaydi o‘sha alifbo. 
10 
Xalqim deb yugurar hovuchlab jonin, 
Xalqiga bag‘ishlar shuhratin-shonin. 
Lekin shu chopishda keta-ketguncha, 
Tozalab boradi xalqning hamyonin. 
1988 
ENG QULAY JAVOB 
- Bilaman, dunyoning bor baland-pasti, 
Bularsiz yuksalish bo‘lmagay asti. 
Lekin, ey faylasuf, menga javob ber, 
Nechun yaxshilikning qisqadir dasti. 
Xayoling behuda gap bilan banddir. 
Eng oddiy jumboq ham senga kamanddir. 
Mayli, qulog‘ingga aytay, ey shoir, 
Chunki yomonlikning qo‘li balanddir. 
1988 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin