Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
BAXTLI ODAM 
Tashvishga chulg‘anib qoldi bu yurak
Tashvishlar ko‘paydi haddan ziyoda. 
Beshigida yotgan go‘dakdan bo‘lak, 
Tugal baxtli odam yo‘qdir dunyoda. 
1987 
MARD BO’LSANG 
Qadimdan bir gapni uqdirar hayot: 
Mard bo‘lsang, o‘z to‘g‘ri yo‘lingdan qolma. 
O’ladigan bo‘lsang o‘z go‘ringda yot, 
Birovning mozorin egallab olma. 
1987 
TAASSUROT 
Tabiat kimga ko‘p yo oz beribdi, 
Kimgadir xalacho‘p yo soz beribdi, 
Vo ajab, mana bu mashshoq gadoyga 
Tengi yo‘q shohona ovoz beribdi. 
1987 
* * * 
Har gal ayyomlarni aylarman tavob 
Garchand biri moddiy, o‘zgasi sarob 
Sho‘rlik ona zamin birlikka zor-ku 
Unga talpinish ham, demak, zo‘r savob. 
1987 
* * * 
Oqshomdan boshlangay odatda tonglar 
Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar 
Boshing egma sira, xoksor banda, 
Erta ruhing topgay oliy ohanglar. 
1987 
* * * 
May asli pokdomon dilga arzirlik, 
Zahmatkash, mehnatkash elga arzirlik 
Bayram-ku, har kuni kelavermaydi. 
Lekin zavqi qolar yilga arzirlik! 
1987 
UMR 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
Inson tug‘iladi asli belibos, 
Bir parcha et bo‘lib kelar jahonga
Libosu hashamdan bo‘lgay u xalos, 
Ketar chog‘ida ham so‘nggi makonga. 
Lekin o‘rtadagi umr-chi, umr... 
O’chmas tamg‘a bo‘lib qolgay to abad. 
Balki yog‘ar unga rahmat degan nur, 
Balki ko‘mar uni malomat, nafrat. 
1988 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin