Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

TOVLAMACHI KIMSALARGA 
Har bir tashabbusning bor o‘z zamoni, 
Yaxshi tomoniyu yomon tomoni. 
Zamondan orqada qolib ketmay, deb 
Shirkat tuzib olmish gala mo‘ltoni. 
Ular ostonangda yotib olarlar
O’ligin yelkangga ortib olarlar. 
Tilagan narsasin bersang berding-ku, 
Bermasang, ko‘plashib, tortib olarlar. 
1989 
SHOIR 
(Hazil) 
E’lon ossang agar biror shaharda
Esi butun odam kerak deb shu on. 
Taloto‘p bo‘lgandek ro‘zi mahsharda, 
Yopirilib kelardi odamlar g‘ujg‘on. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
E’lon ossang agar shaharda shu kun, 
Jununvash, devona kimsaga doir. 
Tarqab ketar edi qolganlar, butun, 
Faqat qolar edi “U men”, - deb, shoir!.. 
1989 
YOLG‘IZ ASKAR 
Botir ko‘kragidan o‘q yedi bir kun, 
Vo, orqam! - dediyu tortdi cho‘ng na’ra. 
Yov taraf so‘radi: - Orqam, deb nechun 
Oh chekding, ko‘ksingdan ochdik-ku yara. 
Botir shivirladi: Men - yolg‘iz askar, 
Yo‘qsa, ustimga ot sololmasdingiz. 
Orqamda do‘stlarim bo‘lganda agar 
Ko‘ksimni nishonga ololmasdingiz. 
1989 
OXIRAT 
Nimadandir g‘ashdir ko‘ngillar, 
Tikanakka burkanmish gullar. 
Boqqa nogoh adashib kirsang, 
G‘azab bilan sayrar bulbullar. 
Qonga to‘lmish Mirrixning ko‘zi, 
Ummonlarning sachraydi tuzi. 
Allaqachon bol tommas tildan
Shoirlarning zaqqumdir so‘zi. 
Yo‘lga boqsang ko‘ringaydir jar, 
Go‘daklarning tushida ajdar. 
Tuni bo‘yi yigitlar bedor, 
Yostiqlarin tagida xanjar. 
Bilib bo‘lmas _ kimda bor imkon, 
Olag‘ovur mahshardir zamon. 
Ne qilarin bilmay hayratda 
Dengiz kabi qalqir olomon. 
Xabar bordir na do‘st, na yordan, 
Na do‘stu yor, balki, diyordan. 
Yolg‘iz Hazrat mehrob qoshida 
Madad tilar parvardigordan. 
1990 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin