Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

XATOLARING KERAK ULARGA 
Shundaylar bor, senga lutf aylab
Do‘stman, deya qo‘lin tutarlar. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
Lekin har zum qadaming poylab
Xato qilishingni kutarlar. 
Xato qilsang, ularga bayram, 
Yo‘qsa, zahru zaqqum yutarlar. 
Mayli, jindek, zarra bo‘lsa ham, 
Xato qilishingni kutarlar. 
Xatolaring kerak ularga
Shox-novdangni darhol butarlar. 
Tag‘in kunni ulab tunlarga, 
Xato qilishingni kutarlar. 
Axtarurlar hamisha illat
Yetti pushting go‘rin titarlar. 
Faqat unma, ulg‘ayma faqat, 
Xato qilishingni kutarlar. 
Ular senga bir umr yo‘ldosh, 
Sodiq hamroh kabi o‘tarlar. 
Qabring uzra egsalar ham bosh, 
Xato qilishingni kutarlar. 
1987 
SOBITLIK 
O’chib borayotir qanchalar kalom
Ne-ne bitiklar ham yo‘qdir, vassalom 
Dunyoda faqat bir sobit suxan bor: 
U o‘z farzandingga o‘zing qo‘ygan nom. 
1987 
KO’RDIM 
Soddadil odamni juda kam ko‘rdim, 
Borin ham shikasta, ko‘zin nam ko‘rdim 
Dunyoda firibgar ko‘p ekan, lekin, 
Ularning barchasin shod-xurram ko‘rdi 
1987 
EL QO’LLASA 
El qo‘llasa, azizim, omon bo‘lsak, aja 
Qo‘llamasa - rang-ro‘yi somon bo‘lsak, 
Elni bizdan qizg‘anib so‘z aytguvchi zo 
Ular uchun bir umr yomon bo‘lsak, ajabm 
1987 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin