Saylanma.
Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
38
- Nega qadding egik, nega boshing xam
Nega nigohingni tortadi tuproq?
- Mening
yer ustida tanishlarim kam
Mening yer ostida do‘stlarim ko‘proq.
1986
AQL HAQIDA
Shunchalar go‘zalsan, go‘zalsan, sanam,
Ta’rifing bitmoqqa ojizdir qalam,
Bir yigit umrini obod etarding,
Aql ham berganda falak bokaram...
1986
QALDIRG‘OCH
Deydilar, qaygadir o‘t ketsa, albat,
Chumchuq
xas tashirmish, qaldirg‘och-chi,
Balki, bu chumchuqning sha’niga tuhmat
Yong‘in nimaligin, balki, bilmas u...
Sen
dunyo holiga nazar sol birpas,
Nazar sol ko‘zlardan oqqan yoshlarga.
Dunyoda kulbalar yonar har nafas,
U doim muhtojdir qaldirg‘ochlarga.
1986
XUSUMAT
Dunyoning bori shu,
Har
qanday zot ham,
Aybin olavermas bo‘yniga.
Balki, shu boisdan, qanchalar odam,
Tosh solib yuradi qo‘yniga.
Xusumat, deydilar
ushbuning otin,
Dastidan yig‘inlar, uylar bezovta.
Bezovtadir hamma oshkor yo botin,
Azalar bezovta, to‘ylar bezovta.
Har holda bo‘lmagay qiyomat qoyim,
Bularning ko‘plari quruq savlatlar.
Yomondir, yomondir, qo‘yniga doim,
Tosh solib yursa gar davlatlar.
Gar ular
yursalar kuchin pesh qilib,
Jim tinglar zaminning dardli na’rasin.
Mayda toshchalar-ku o‘tar, ishqilib,