Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

OYBEK HAQIDA QO’SHIQ 
Qalbi pok mardona elning
Sen aziz farzandisan. 
Ganju mulkka bergisiz el, 
Gavhari, dilbandisan. 
Har kalimang ma’rifatning 
Ufqida oydek to‘lib, 
El aro topding sharaf sen, 
Ustoz Oybek bo‘lib. 
Shan hayoting odamiylik 
Xayru soflikdan nishon, 
Chaqnadi she’ringda nurli 
E’tiqod birlan imon. 
Goh Navoiy suhbatingda, 
Goh Torobiy, Yo‘lchi goh, 
Sen sevikli davrim o‘g‘li 
Begumon, beishtiboh. 
Xizmatingdan, hikmatingdan 
Elu yurt mangu rizo
O’chmagay, noming asrlar 
So‘ngidan bergay sado. 
1986 
AHMAD ZOIRNI TINGLAB... 
Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz 
So‘zlayin ezgulik, shafqat otidan. 
To barpo bo‘libdi ko‘hna bu jahon
Karvonlar oh chekar yovlar zotidan. 
Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz 
Ona Sharq sehri bor jihozlaringda. 
Senda yig‘lab borar Sa’diy navjuvon 
Rudakiy mehri bor bayozlaringda. 
Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz 
Chashmi zilol bo‘lib dardingni olay. 
Yo bir yaproq misol bo‘lay soyabon, 
So‘ngra xazon yanglig‘ yo‘lingda qolay. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz 
Umidli bu jahon g‘amga bo‘lmas g‘arq. 
Izingdan termulib qolmay to nolon
Qumliklar bag‘rida g‘oyib bo‘lma, Sharq. 
1987 
ISM HAQIDA 
Xayolimga kelar goh g‘alat bir gap, 
Har uni el aro so‘ylab yurmasman. 
Bilmadim ne bois, bilmam ne sabab, 
Ismimni birovga ravo ko‘rmasman. 
Ulug‘ otdoshlarim maqomi yuksak, 
Men shogird erurman garchand alarga. 
Har nechuk, bir gapni aytmog‘im kerak: 
Oson bo‘lmagan hech Abdullalarga. 
1987 
HAZIL 
Ellikda odamlar qirol bo‘lishgan, 
Qirol bo‘lmaganlar qarol bo‘lishgan. 
Aravakash bo‘lgan uquvsizlari, 
Shu yoshda boyigan zargarning bari. 
Shoirlar shu yoshda dovrug‘ qozongan
Yonsa - so‘nggi muhlat - oshiq ham yongan, 
Oh, do‘stim, bizlar-chi, nimani ko‘rdik, 
Ellikka shunchaki lallayib kirdik. 
1987 
UQTIRISH 
Unga uqtirdilar, 
Oqni qora, deb, 
Chunki bir qorani
Oqlash lozim edi. 
Unga uqtirdilar 
Toqni bu - juft, deb, 
Chunki bitta juftni 
Toqlash lozim edi. 
Unga uqtirdilar 
Qing‘ir to‘g‘ri, deb, 
Chunki bir qing‘irni 
Yoqlash lozim edi. 
1987 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin