194. Baro’ roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odati
uchun qabrlaridan turg‘izadigan kuni meni azobingdan saqlagil».
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
195. Xuzayfa roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon
o‘rinlariga yotsalar, bu duoni o‘qir edilar: "Yo Alloh, sening noming ila o‘lurman, (ya’ni
uyquga borurman) va sening noming ila tirilurman, (ya’ni uyg‘onurman)" va qachon
uyqudan tursalar, bu duoni o‘qir edilar: "Bizni o‘ldirgandan keyin yana tiriltirgan Allohga
hamd bo‘lsin, va qiyomat kuni Uning huzuriga to‘planish bo‘lur".
196. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam har kecha
qachon o‘z o‘rinlariga yotsalar, ikki
kaftlarini bir qilib turib, unga dam solar edilar, unga
«QUL HUVALLOHU AHAD», «QUL A’UZU BIROBBIL-FALAQ», «QUL A’UZU BIROBBIN-
NAS» suralarini o‘qib, har ikki kaftlariga dam solgach, badanlarining qo‘l yetadigan
qismlarining hammasiga surkar edilar. Boshlaridan, yuzlaridan va oldi taraflaridan
boshlardilar. Shu tariqa uch bor qilar edilar.
197. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat: Bir kun Rasululloh sallollohu alayhi
vasallam uyquga borib, xurrak tortdilar va odat sharifalari qachon uyquga borsalar,
xurrak tortar edilar. O’sha holda Bilol roziyallohu anhu kelib, namoz vaqti bo‘lib
qolganligini ma’lum qildilar. U zot sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turdilar, va
namozlarini jamoat bilan o‘qidilar. Lekin yangi tahorat qilmadilar, chunki Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari uyquga borsalar-dr, muborak dillari uyg‘oq turar
edi.
198. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon uyqu
uchun o‘rinlariga yotsalar, bu duoni o‘qir edilar. «Hamd bo‘lsin Alloh taologaki, bizlarga
taom berdi va serob qildi va har bir hojatimiz uchun o‘zi mutasaddi bo‘ldi va bizlarga
yotadirgan joy berdi. Dunyoda bir qancha insonlar borki, xabar oladigan va joy
beradigan kishilari yo‘qdir».
199. Abu Qatoda roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odat
sharifalari qachon safarda bo‘lib, kechqurun bir yerga tushsalar, o‘ng
yonboshlari bilan
yotar edilar, va qachon subhi sodiqdan avvalroq bir yerga tushsalar, yotganlarida uyqu
ziyoda kelib, og‘irlashib, namoz uchun sustlik paydo bo‘lmasligi uchun o‘ng bilaklarini
tikka qo‘yib, kaftlariga boshlarini qo‘yib yotar edilar. Garchi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam uchun bunga zarurat yo‘q bo‘lsa-da, haqiqatan bu ummatlarga ta’lim edi.
Dostları ilə paylaş: