www.ziyouz.com kutubxonasi
47
223. Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
ba’zi vaqt chosht namoziga shunday ehtimom qilar edilarki, biz endi bu namozni hargiz
tark qilmasalar kerak, der edik. Ba’zi vaqt esa shunday tashlab qo‘yar edilarki, biz endi
bu namozni hargiz o‘qimasalar kerak, der edik.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi ishlarni ummatlariga yengillik bo‘lsin,
deb qasddan tark qilar edilar. Bu voqea ham shu jumladandir.
224. Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam hamisha zavol (qiyom) vaqtida to‘rt raka’at namoz o‘qir edilar. Men savol
qildim: Yo, Rasulalloh, o‘zlari zavol vaqtida bu to‘rt raka’atni xech qo‘ymaydilar. U zot
marhamat qildilar: “Osmonlarning eshiklari zavol vaqtida tamom ochilgay to peshin
namozi o‘qilib bo‘lmasdan yopilmas. Men shu soatda mendan biror yaxshi amal osmonga
chiqishini do‘st tutaman”. Men savol kildim: “Bu to‘rt raka’atning hammasida zam sura
qilinadimi?” Janob dedilar: “Ha, qilinadi”. Men dedim: “Bunda ikki raka’atda salom ham
beriladimi?” Janob dedilar: “Yo‘q. To‘rt raka’atning hammasini bir salom bilan o‘qiladi”.
I z o h. Bu namozni sufiylar solatuz-zuvol deydilar. Ular nazdida mustahab namozlaridan
biri shudir. Lekin muhaddislar qoshida bu namoz peshin namozining sunnatidir. Chunki
zavoldin keyin peshin sunnatidan boshqa bir namozga Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning mudovamatlari sobit emas.
225. Abdulloh ibn Sa’d roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan
savol qildim, nafl namozlarini masjidda o‘qimoq afzalmi yo uyda o‘qimoq afzalmi? Janob
dedilar: “Sen mening uyim masjidga naqadar yaqinligini ko‘rib turibsan. Shunday bo‘lsa
ham, men farzdan boshqa namozlarni uyda o‘qilishini yaxshi ko‘raman”. (Ya’ni, yolg‘iz
o‘qiladigan namozlarni uyda o‘qimoq afzaldir).
226. Abdulloh ibn Shaqiq dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning ro‘zalari haqida savol qildim. Oisha dedilar: Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam ba’zi oylarda shunday ro‘za tutar edilarki, biz endi bu oyda og‘iz
ochmasalar kerak, der edik. Ba’zi oylarda shunday og‘iz ochiq yurar edilarki, biz endi bu
oyda ro‘za tutmasalar kerak, der edik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga
kelganlaridan keyin hech bir oyni butun ro‘za bilan o‘tkazmadilar. Magar tanho Ramazon
oyini to‘liq tutar edilar.
227. Anas roziyallohu anhudan bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
ro‘zalari haqida savol qildi. Javobiga dedilarki: Janob sollallohu alayhi vasallam ba’zi
oylarda shunday ko‘p ro‘za tutar edilarki, bizlar bu oy biror kun ham og‘iz ochishga
irodalari yo‘q, deb gumon qilar edik. Ba’zi oylarda shunday ochiq yurar edilarki, bizlar bu
oy ro‘zaga irodalari yo‘q, deb gumon qilar edik. Odati sharifalari shunday ham ediki,
agar kechqurun u zotni oromda yotganlarini ko‘rmoqchi bo‘lsak, shu holda ko‘ra olar
edim. Agar namozga mashg‘ul bir holda ko‘rmoqchi bulsak, u holda ham ko‘ra olar edik.
(Ya’ni, odati muborakalari va butun kechani ibodat bilan o‘tkazmas va na butun kechani
oromda o‘tkazmas edi. Balki ibodat ham qilar edilar va jon, badan haqlarini ham ado
qilar edilar).
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |