www.ziyouz.com kutubxonasi
69
“Qaranglar, meni suyab masjidgacha olib boradigan odam bormikan?” Shu holda
Oishaning ozod qilgan cho‘rilari Bariyra bilan yana bir kishi kelib edi, ularga suyanib,
Janob masjidga bordilar. Namoz jamoatda imom bo‘lib turgan Abu Bakr roziyallohu anhu
Janobni ko‘rib, keyinlariga qaytib, mexrobni bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Janobi Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam «Joyingizdan qo‘zg‘almang» deb ishora qildilar. Keyin Abu
Bakr roziyallohu anhu namozlarini tamom qildilar. Keyin Janob Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam o‘sha kun foniy dunyodan vafot etdilar. Tamomi sahobalar mudhush
bo‘ldilar. Har qaysilari har xil holatlarga duchor bo‘ldilar. Umar roziyollohu anhuga ajib
bir kayfiyat zohir bo‘ldi. E’lon etdilarki, biror kishidan “Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamni vafot qildilar” degan so‘zni eshitsam, men bu qilich bilan boshini olaman.
Sahobai kirom hammalari bundan avval biror payg‘ambar zamonini ko‘rmagan va nabiy
vafotlarida nimalar qilinadi, tajriba qilmagan, avvalgi payg‘ambarlar kitoblarini
o‘qimagan va eshitmagan edilar. Shuning uchun Umar e’lonlari bilan hammalari xomush
to‘xtadilar. Sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar degan so‘zni qila olmadilar. Solim
deydilar: Hammalari menga dedilar: Ey, Solim, sen Janobi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamiing sohiblari Abu Bakrning qoshlariga borib, u zotni chaqirib kel. Men u zotni
chaqirgani Avoliga bordim. Abu Bakr mahallalarining masjidida ekanlar. Men yig‘lagan va
hushim ketgan holda huzurlariga yetdim. Meni ko‘rgan zamonlari “Janobi Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam vafot etdilarmi?” dedilar. Men dedim: Umar har kimdan
«Rasululloh vafot qildilar» degan so‘zni eshitsam, bu qilichim bilan buynini uzib
tashlayman, dedilar. Abu Bakr Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning biroz
tuzalganliklarini ko‘rgach, o‘zlaridan ijozat olib, ahllarini ko‘rgani Avoliga ketgan edilar.
Vafotlarining xabarini eshitib, men bilan masjidga keldilar. Odamlarning oralarini «qoch-
qoch» deb yorib, xujrai saodatga doxil bo‘ldilar, to‘g‘ri borib, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning ustlariga o‘zlarini tashladilar va bo‘sa qildilar va bu oyat sharifani tilovat
qildilar (Tarjimasi): “Siz ham vafot qilursiz, va ular ham vafot qilurlar”.
Sahobalar dedilar: Ey Sahobi Rasul, Rasululloh vafot qildilarmi? Abu Bakr dedilar: Ha.
Janob Dorul-baqoga rixlat qildilar. Bu so‘zdan tamomi sahobalar bildilarki, Janob vafot
qilibdilar. Abu Bakr roziyallohu anhuning oyat bilan qilgan istidlollari rostdir. Keyin yana
savol qildilar: Ey Sahobi Rasul, Rasulullohga janoza namozi o‘qiladimi? Abu Bakr dedilar:
Ha. Janoza o‘qiladi. Ular dedilar: Qanday o‘qiladi? Abu Bakr dedilar: Bir jamoa kiradi,
to‘rt takbir aytadilar va Janobga salovot o‘qiydilar va duo qiladilar. Keyin chiqadilar.
Keyin boshqa jamoa kiradilar: Takbir aytadilar va salovot o‘qiydilar va duo qiladilar va
chiqadirlar. Mana shu tariqa hamma odamlar janoza o‘qiydilar.
Sahobalar dedilar: Ey, Rasulullohning ashoblari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni
yerga dafn etiladimi? Abu Bakr dedilar: Ha. Yerga dafn etiladilar. Dedilar: Qaysi yerga
dafn etiladilar? Abu Bakr dedilar: Alloh Taolo jonlarini olgan yerga dafn etiladilar. Chunki
Alloh Taolo bu Janobning jonlarini yaxshi bir yerda qabz qildi. Shu yer munosibdir.
Sahobalar bildilarki, Abu Bakr rost so‘zladilar. Keyin Abu Bakr amr qildilarki, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamniig muborak jasadlarini o‘zlarining yaqin xeshlari yuvsinlar.
G’usl qildirguvchi zot Ali roziyallohu anhu bo‘ldilar. Abbos va o‘g‘illari Fazl ikkilari yordam
berib turdilar. Qusay va Usoma shaqron parda orqasidan va ko‘zlarini bog‘lagan hollarida
suv quyib berib turdilar. Laxadlarini Abu Talxa qazidilar.
Keyin xalifa tayin etish haqida mashvarat qilmoq uchun muxojirlar jam bo‘ldilar. Abu
Bakrga dedilar: Yuring, birodarlarimiz Ansori kirom xuzurlariga boraylik. Keyin ularning
qoshlariga bordilar. Ularning kattalari Suqayfa Bani So’dada jam bo‘lgan ekanlar.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |