RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING MEROSLARI HAQIDA
Bu bobda kelgan hadislarning hammasining mazmuni shuki, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan qolgan mol – sadaqadir. Vorislarga taqsim etilmas. Axli sunnat va jamoat
ulamolari bu masalada hammalari ittifoq qilganlar. Tamomi nabiylar qoldirgan narsalari
ham aksari ulamolar nazdida shundaydir. Buning sabablaridan biri shuki, nabiylar
qabrlarida tirikdirlar. Tirikning moli taqsim qilinmaydi. Va xotini boshqaga nikoh
etilmaydi va hokazo.
315. Amr ibn al-Xoris roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
o‘zlaridan keyin faqat urushda kiyadigan qilich, nayza, zurra va qalqon kabi aslahalarini
va hamisha minadigan duldul nomli xachirlarini va bir muncha yerlarini qoldirib ketdilar
va ularni ham hayotlarida sadaqa qilgandilar.
I z o h. Janobning yerlari Fidak zaminining yarmini va vodiy Quro zaminining uchdan biri
va Bani Nadir zaminining uchdan biri va Xaybar Xumsidan iborat bo‘lgan xissalari edi. Bu
yerlarning xosili umumiy edi. Ya’ni o‘zlariga, oilalariga va musulmon faqirlarga ulardin
xissa taqsim etilar edi.
316. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Fotima roziyallohu anho Xalifai avval Abu
Bakr roziyallohu anhu huzurlariga keldilar va savol qildilar: Sizdan qolgan
meroslaringizni kim oladi? Abu Bakr roziyallohu anhu dedilar: Axlim va avlodim oladilar.
Fotima dedilar: Shunday bo‘lsa, men nima uchun otamning meroslarini olmayman? Abu
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |