www.ziyouz.com kutubxonasi
72
322. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Janobi Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam dedilar: Har kim meni tushida ko‘rsa, u albatta, mening o‘zimni ko‘rgan
bo‘ladi. Chunki shayton mening suratimda ko‘rinmaydi va menga o‘xshay olmaydi.
I z o h. Alloh Taolo payg‘ambarimizning hayotlarida o‘zlarini qanday shaytonning
ta’sirlaridan salomat saqlagan bo‘lsa, vafotlaridan keyin ham suratlarini uning kasridan
maxfuz saqlagandir.
323. Yazid Forsiy roziyallohu anhu mushaf yozar edilar. Bir kecha tushlarida Rasululloh
sallolloxu alayhi vasallamni ko‘rdilar. Ibn Abbos roziyollohu anhumo u zamonda tirik
edilar. Tushlarini u zotga bayon qildilar. Ibn Abbos dedilar: Rasuli akram sollallohu
alayhi vasallam degandilarki, shayton o‘zini menga o‘xshatib ko‘rila olmas. Kimki meni
tushida ko‘rsa, u haqiqatda meni ko‘ribdi. Keyin ibn Abbos Yazid Forsiyga dedilar: Sen
o‘sha tushda ko‘rgan odamingning shakllarini bayon qila olasanmi? Yazid Forsiy dedi:
Ha. Bayon qila olaman: u zot qomatda ham jismda ham mo‘‘tadil bir zot edilar. (Ya’ni,
na uzun va na qisqa, na semiz va na oriq, o‘rta bir holda edilar). Muborak ranglari oqqa
moyil, bug‘doyrang edi. Ko‘zlari surma qo‘yilgan, og‘izlari kulib turgan, yuzlarining
mudavvirligi yarashgan, soqollari qalin, yuzlarini ixota etgan va siynalarini yopgan edi.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Agar sen u Janobni uyg‘oqligingda ko‘rgan
bo‘lsang ham, bundan ziyoda ravshan, ta’rif qila olmas eding. (Ya’ni, tamomi o‘z
shakllarini mukammal bayon etding). Albatta, Janobning o‘zlarini ko‘ribsan.
324. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
dedilar: Har kim meni tushida ko‘rgan bo‘lsa, albatta, mening o‘zimni ko‘rgandir.
Chunki, shayton mening suratimda ko‘rina olmas, va mo‘min bandaning tushi
nubuvvatning qirq oltidan biri bo‘ladi”.
Imom Termiziy raximaxulloh bu muborak kitoblarini salaf imomlaridan ikki buyuk
zotning haqiqatda buyuk nasixatlar bo‘lmish asarlari bilan xatm qiladilar. Birinchisi
shuki, bir narsaga xukm qilinadigan bo‘lsa, gumon va taxmin bilan qilinmasin, balki
dinimizning madori bo‘lgan itbo’i sunnat bilan ish ko‘rilsin. Ikkinchisi, har bir kas va
nokasdan ilm olinmasin, balki dindor insondan ilm olinsin. Dini yo‘q insonga ergashmoq
– xalokatning o‘zidir. U ikki asar bulardir:
325. Abdulloh ibn al-Muborak raximahulloh dedilar: Ey, musulmon, agar qozi yoki
hakam bo‘lib qolsang, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kirom roziyollohu
anhum yullaridan ajralmagin.
326. Imom ibn Sirin raximahulloh dedilar: “Din ilmlarini kimlardan olayotganingizga
qaranglar” degan so‘zlar hadisdandir.
I z o h. Hadis, tafsir, fiqh, tavhid, axloq va boshqa tamomi diniy ilmlar haqiqatda dindir.
Bular vositalari bilan inson o‘z dinidan ilm, ta’lim oladi, dindorlik hukmlarini o‘rganadi.
Shuning uchun din olmoqda, dindor taqvolik ustozini bilib, tanib, undan ilm kasb etish
lozimdir. Ustoz va shogirdga asari buyuk bo‘ladi. Suxbat asari ko‘p zamon qolib ketadi.
Bir bor o‘zgarib qolgandan keyin, tuzalmoq mushkul bo‘ladi.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |