Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc


Partbiletimni qo‘yishga sal qoldi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə47/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
shaytanat


Partbiletimni qo‘yishga sal qoldi.

  • Tashvishlanmang. Aytmasam aytmabman-da. Sibirning sovug‘ida tomoqni oldirib qo‘yganman. Ilgarigi ovoz yo‘q. Qamalganimni eshitgansiz, a? — dedi Elchin, obkom vakiliga sinovchan tikilib.

  • Ha... yo‘q... shunaqamidi? — dedi yigit. Keyin Tolibjonga o‘girildi. — Men joyimda bo‘laman.

U nari ketishi bilan Tolibjon bo‘ralab so‘kdi.

  • Kimdir chaqibdi. Darrov yetib kelibdi-ya! O‘zini go‘llikka solishini qarang...

Bilmasmish... Aka, uzr, endi...
Elchin bag‘rida g‘azab o‘ti alanga olayotganini yashirib, hazin jilmaydi-da, uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.

  • Uning joyi qaerda ekan?

  • Birinchi qatorda. Qoqqan qoziqdek o‘tiradi.

  • Siz xijolat chekmang, Tolibjon. Agar xo‘p desangiz, bir ish qilamiz. Bu nusxa kontsertda chiqmasin, dedi-a? Men tanaffusda ikkita ashula aytib beraman. Siz tanaffus e’lon qiling-u, darrov pardani yopmang. Chiqqanimdan keyin yopasiz. Xiralik qilsa, men bilmadim, deb turavering.

Tolibjon picha o‘ylangach, tavakkal, deganday qo‘l siltadi.

  • «Paxta raqsi»dan so‘ng tayyor turing.

Tanaffus e’lon qilinib, besh-o‘n odam o‘rnidan qo‘zg‘olishga ulgurmay, sahnaga Elchin chiqib keldi. Uni taniganlar birdaniga qiyqirib, hushtak chalib yuborishdi. Shu zahoti shoshqich ravishda parda yopilib, Elchin sahna chekkasida tamoshabinlar bilan yuzma- yuz qoldi. O‘rinlaridan turganlar «tanaffus e’lon qilinishi hazil ekan-da», degan xayolda qayta o‘tirdilar. Birinchi qatordagi obkom vakili esa shart turib, sahna ortiga olib boruvchi zina tomon yurdi.
Muxlislar hayajoni tingach, Elchin yengil ta’zim qilib, so‘z boshladi:

  • Meni unutmaganingiz uchun qulluq, azizlarim. Urushdan oldin Yusufjon qiziqqa «siz ramkadan chiqib ketyapsiz», deb tanbeh berishgan ekan. Shundan so‘ng usta keyingi tomosha paytida bo‘yinlariga bir rasmning ramkasini solib chiqibdilar. «Menga shunday deyishgan edi, endi ramkadan chiqmay gapiraman», debdilar. — O‘tirganlar kulib, qarsak chalishgach, Elchin o‘zini yengil sezdi. — Men bu tomoshaga mehmonman. Shu sababli tanaffus paytida ramkadan chiqmay ikkitagina ashula qilib beraman. Bu ashulalar Vatandan uzoqda, ozodlikni qo‘msab yurgan paytlarda tug‘ilgan. Men haqimda siz turli gap-so‘z eshitgansiz. Gapning to‘g‘risi shuki, gunohim uchun jazolashgan. Haqli jazoni o‘tab, huzuringizga qaytdim.

Elchin torning sozini bir tekshirib olgach, titroq ohang yangradi. Yakka torda, g‘ijjaksiz, doirasiz qo‘shiq aytish rasmdan chiqqani uchun avvaliga muxlislar bir garangsib olishdi. Elektrga ulangan Ovrupo cholg‘u asboblarining shovqiniga ko‘nika boshlagan quloqlarga torning ingrashi g‘alati tuyuldi. So‘ng... Elchinning bo‘g‘iq, dardli ovozi taraldi...


O‘ksir ko‘ngil qushi — Tushdi qafasga.
Sira yetolmaydir Erkin nafasga
Qaro kunlar tushdi mening boshimga...

To‘planganlar qo‘shiqni nafas yutib tinglashayotganda birdan mikrofon uzib qo‘yildi. Elchin buning sababini darhol angladi-da, ovozini biroz ko‘tarib, qo‘shiqni davom ettiraverdi. Orqaroqdagi muxlislarga ovoz yetib bormay betoqat bo‘lib hushtak chala boshl

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin