OT SO‘Z TURKUMI VA UNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Maktabgacha ta’lim fakulteti
540-21-guruh talabasi
Do‘smatova
Lobar
do’smatovalobar@gmail.com
Annotasiya:
Narsa-buyum,
shaxslarning nomi, atamasi bo‘lgan so‘zlar
turkumi ot deyiladi. Otlar kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Otlar egalik, kelishik kabi so‘z o‘zgartirish, turli ma’no
va vazifa uchun
qo‘llanuvchi vazifadosh shakllarga hamda o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga egaligi
bilan ajralib turadi.
Kalit so’zlar: katta bino, ikkinchi kurs, barcha inson, kitob o‘qimoq, ko‘p
odam.
KIRISH
Ot gapning barcha gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanishi mumkin.
Otning bu
kabi sintaktik vazifasi uning qanday grammatik shakldaligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, otning bosh shakli, ya’ni bosh kelishik, ko‘plik yoki birlik hamda egalik
shakli
gapda ega, Kesim kabi vazifada keladi:
O‘zbekiston-mustaqil davlat.
Millatim-o‘zbek. O‘zbekistonim-onajonim.
Mustaqil so‘zlar ot turkumiga munosabati nuqtai
nazardan ikki guruhni
tashkil etadi: 1) ot tipidagi so‘zlar. Bu guruhga otlar kabi kim? nima? so‘rog‘iga
javob bo‘lib, otga xos grammatik shakllarda bevosita qo‘llana oladigan olmoshlar
(
men, sen, biz, har kim, nimadir
), jamlovchi sonning
–ov, -avlon
affiksli turi (
ikkov,
ikkavlon
), fe’lning harakat nomi shakli (
o‘qish, yozuv
) kiradi; 2) otlashuvchi
so‘zlar. Bu guruhga grammatik son, egalik, kelishik shakllaridan birida qo‘llanilib,
muayyan matn doirasidagina ot vazifasida ishlatlishi mumkin bo‘lgan sifat, son va
ular o‘rnida qo‘llanadigan olmoshlar (
qanday, qancha, nechta
), ba’zi bir ravishlar,
fe’lning sifatdosh shakli kiradi.