Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/35
tarix22.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#119799
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol

XULOSALAR 
 
Jonajon Respublikamiz Mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy, iqtisodiy, 
madaniy-ma’naviy jabhalarda katta o‘zgarishlar yuz berdi, yutuqlar qo‘lga kiritildi. 
Ayniqsa, so‘nggi 19 yil mobaynida ta’lim-tarbiya sohasida qo‘lga kiritilgan 
muvaffaqiyatlar buning dalilidir. 
Mustaqil O‘zbekistonning asosiy qonunida belgilanganidek, jamiyatimizning 
istiqboli, rivojlanish hamda taraqqiyot yo‘li huquqiy, demokratik, insonparvar 
fuqorolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Bunday jamiyatni barpo etish esa 
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. 
Yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlar jamiyat uchun ijtimoiy 
buyurtma hisoblanadi. Shunday ekan bo‘lajak o‘qituvchilarda tashkilotchilik 
mahoratini shakllantirish, milliy mafkurani shakllantirish bilan birgalikda olib 
borilishi lozim. Bu singari g‘oyalar pedagogik-pedagogik sikldagi barcha fanlar: 
umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, pedagogik mahorat, yangi pedagogik 
texnologiyalar kabi fanlarni o‘rganish, auditoriya va auditoriyadan tashqarida 
o‘tkaziladigan barcha tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida shakllantirib boriladi. 
Bundan esa, barcha pedagogik-pedagogik sikl fanlarning talabalar tashkilotchilik 
mahoratini shakllantirishda maxsus tarbiyaviy ta’sir omili ekanligi haqida bir 
xulosaga kelish uchun izn beradi. 
Bu o‘rinda pedagogok fanlar bloki hamda ularni mustaqil o‘zlashtirishda 
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning shuningdek interfaol usullarning muhim 
imkoniyatlaridan foydalanish o‘rinlidir. Albatta, bu maqsadni amalga oshirish uchun 
pedagogik va pedagogik fanlarni o‘zlashtirishda uzviylikka e’tiborni qaratish, 
vatanparvarlik, 
fuqarolik 
tarbiyasi, 
shaxs 
ma’naviyatini 
shakllantirishga 
rag‘batlantirish uning asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 


89 
Bu ta’sir o‘zaro hamkorlikda ta’sir ko‘rsatish – ishontirish tarzida amalga 
oshirilsa, majbur etish usuli zinhor qo‘llanilmasa, tarbiyaviy ta’sir kuchi shunchalik 
to‘laqonli bo‘ladi. Bunda: 1) talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish 
uchun rag‘batlantirish metodini qo‘llash orqali amalga oshirilsa, 2) talaba muayyan 
xulq – atvor me’yorini hosil qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunday ta’sir shaxs 
ongini shakllantiruvchi (ishontirish metodlari); shaxs faoliyatini tashkil etuvchi va 
ijtimoiy xulqni ruvojlantiruvchi (faoliyatida mashq qildiruvchi va odatlantiruvchi 
metodlar); shaxs faoliyati va xulqini shakllantiruvchi metodlar (rag‘batlantirish va 
jazolash metodlari) asosida amalga oshiriladi. 
Bu kabi tarbiya metodlari bilan birgalikda mashg‘ulotlarning interfaol 
metodlaridan foydalanish ancha yuqoriroq natijani qo‘lga kiritishga yordam beradi. 
Tajriba sinov ishlari natijalaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, talabalarda 
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda 
quyidagi tamoyillarga rioya etish muhimdir: 
1. Auditoriyadan tashqari o‘tkaziladigan ta’lim jarayonini aniq maqsadda 
tashkil etish, uning natijalarini xolis baholash, tarbiyaviy jarayonda tutgan o‘rnini 
aniqlash, uni pedagogik tahlil etish va baholash. 
2. Bu jarayonni ilmiy, uzluksiz, izchil, tizimli asosda tashkil etish. 
3. Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda samarali interfaol 
metodlarini izlab topish va ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash. 
4. Pedagogik fanlarni o‘qitishda ta’lim-tarbiya jarayonining (auditoriya va 
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar) uzviyligini ta’minlash. 
5. Ta’limda interfaol metodlar bilan bir qatorda ananaviy metodlar, ilg‘or 
pedagogik texnologiyalardan o‘z o‘rnida samarali foydalnish. 
Demak, auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida pedagogik 
bilimlar asosida talabalar tashkilotchilik mahoratini shakllantirish talabalar kasbiy 
tayyorgarligining uzviy qismi sanaladi. O‘z navbatida bu hol talabalarni ma’naviy–


90 
axloqiy shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari yaratilganligi hamda maqsadning 
amalga oshirishda ma’lum shart-sharoitlar yaratilganligidan dalolat beradi. 
Ilmiy-tadqiqot so‘ngida quyidagi xulosalarga keldik: 
Talabalarning auditoriya va auditoriyadan tashqari tadbirlarni tashkil etish 
jarayonida tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullar shuningdek 
pedagogik turkum fanlarning mazmun, mohiyati katta imkoniyatlarga ega. 
Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish ta’lim tarbiya jarayoniga 
uzviy va tizimli yondashishni talab etadi. 
Bu sohada ta’lim tizimiga texnologik yondashuv, ilg‘or, interfaol usullardan 
foydalanish maqsadga muvofiq keladi. 
Oliy pedagogik ta’lim tizimida talabalarda tashkilotchilik mahoratini 
shakllantirishga qaratilgan tajriba sinov ishlarining samarali natija berishi yuqorida 
sanab o‘tilganlar bilan izohlanadi.


91 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin