Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
89
10. Aroq ichuvchi xavotirga tushuvchidir, chunki u o‘layotgan vaqtida imonsiz holda
chiqishidan qo‘rqiladi. Bu azoblar dunyodadir, oxirat azoblariga yetmasdan oldindir.
Ammo oxirat azoblarini sanab bo‘lmaydi, undagi yiring, zaqqum, savoblarini yo‘q bo‘lishi
va boshqalar. Oqil kishiga ozgina lazzatni tark etib, katta lazzatni
ixtiyor qilishil lozim
bo‘ladi.
Muqotil ibn Sulaymondan Allohning:
“Biz taqvodor zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdilar va
jinoyatchi kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni
(eslang)!”
(Maryam, 85-86) oyati xususida rivoyat qilindi. Alloh taolo rozi bo‘lgan
“Jannat ahli tiriladi va jannat eshigi oldida to‘xtaydi. Bir vaqt tagidan ikki buloq oqadigan
daraxtning tagida bo‘ladilar. So‘ngra buloqning birida suv ichadilar, ularning ichida biron
axlat qolmasdan, ichidan chiqarilib yuboriladi. Keyin ikkinchi buloqning oldiga keladilar,
unda cho‘miladilar. Badanlarida, terida bo‘ladigan biron
bir ifloslik qolmaydi, hammasi
ketadi. Alloh taolo kalomida (jannat qo‘riqchilari) aytadi: “Sizlarga tinchlik-omonlik
bo‘lsin. Xush keldingiz!” (Zumar, 73) Keyin zotdor tuyalarda keltiriladilarki, qizil
yoqutdandir, uning oyoqlari tillodan, yoqut va dur bilan o‘ralgan, yoqasi marvariddan.
Ulardan har bir kishi ikkita kiyim kiyadi. Agar o‘sha kiyimidan bittasi dunyo ahli uchun
chiqarilsa, dunyo nurlanib ketadi. Har birlari maloikalar bilan birga bo‘ladilar
va ular
jannatdagi o‘rnini unga dalolat qiladilar. Vaqtiki, jannatga kirsalar, kumushdan bo‘lgan
qasrga ko‘tariladilar. Uning oynalari tillodandir. Ular qasriga yetganlarida, yosh qizlar
istiqbollariga chiqadilar. Ular go‘yoki sochilgan marvarid kabidirlar. Ularda kiyimlar va
taqinchoqlar, kumush idishlar, tillo qadahlar bordir. Maloikalar salom beradilar,
ular ham
alik oladi, keyin u yerga kiradilar.
Bir vaqt u o‘zi uchun Alloh taolo nima tayyorlaganini ko‘radi va uni bu joyga tushganligi
bilan tabriklaydi. Unga farishta aytadi: “Nima xohlaysan?” Aytadi: “Alloh-ning
karomatiga tushmoqni xohlayman”. Ular: “Senga bundan ham yaxshisi bor”, deydilar. U
yuradi, keyin uni tilla qasrga ko‘tarishadi, uning oynalari marva-ridlardandir. Unga
yaqinlashsa, yosh qizlar istiqboliga chiqishadi. Ular go‘yoki sochilgan marvariddekdir.
Ularda kumush idishlar, tillo qadahlar bordir, unga salom beradilar. U ham salomlariga
alik oladi. Unga tushishni xohlaydi, shunda maloikalar: “Yurgin, bu qasrdan ham
afzalrog‘i bor sen uchun”, deydi. Bas,
yurgandan keyin, qizil yoqutdan bo‘lgan qasrga
ko‘tariladi. Uning pokligidan uning ichkarisi tashqarisidan unga ko‘rinadi. Unga salom
beradilar. U ham qaytaradi. Unga kirgandan keyin, uni Xurul’iyn kutib oladi. Unda
yetmishta kiyimi bo‘ladi, biri ikkinchisiga o‘xshamaydi. Undagi hid yuz yillik yo‘ldan ham
kelib turadi. Ahli jannat u Hurning yuziga qarasa, uning tozaligidan o‘z yuzini ko‘radi,
agar uning ko‘kragiga qarasa, kiyimining yupqaligidan jigarlari ko‘rinadi. Suyaklarining
yupqaligidan sonining iligini ko‘radi. Bu qasr bir farsah keladi,
uning balandligi ham
shunchadir. Uni to‘rt ming ikki tabaqali eshigi bor, tillodandir. Uning gilamllari tillodan,
toji marvariddan. Vaqtiki u yopiladi, unda dunyo uylaridagi yetmish uy to‘shagi
to‘shalgan katta so‘ri bordir. Unga o‘tirib meva xohlasa, meva kirib keladi. Yeydi yoki
xohlasa, so‘risi bilan borib yeydi. Buning hammasi taqvodorlarning savobidir. Ular aroq
ichishdan va fohishaliklardan saqlangandir.
Ahli do‘zax do‘zaxga haydab
keltiriladi, unga yaqinlashishsa, uning eshiklari ochiladi.
Ularni temir tayoqlari bo‘lgan farishtalar kutib olishadi. Do‘zaxga kirsalar, ularning