www.ziyouz.com kutubxonasi
137
qo‘rqadigan xavfliroq ikki narsa bor: uchun orzu va havoga ergashishlik. Uzun orzu
oxiratni unuttiradi. Havoga ergashishlik haqdan to‘sadi».
281. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men dunyoga mukkasidan ketganga, unga hirslik
bo‘lganga va unga baxillik qilganga boyilmas faqirlik, bo‘shalmas mehnat va g‘am
tushishiga kafilman».
Abu Dardodan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: U kishi Xums ahliga boshliq
bo‘lgan edi. Aytdi: «Saxiylik qilmaysizlarmi? O‘zlaringiz o‘tirmaysizlar-u, uy qurasizlar.
Topmagan narsalaringizni orzu qilasizlar. Sizlardan oldingilar uylar qurishgandi, ko‘p mol
jamlagandilar, uzun orzu qilardilar. Ularning maskanlari qabrlarga aylandi. Orzulari
o‘ylaganlaridek bo‘lib chiqmadi va yiqqanlarining hammasi halok bo‘ldi».
Ali ibn Abu Tolib Umar ibn Xattobga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Agar birodaringizga
uchramoqni xohlasangiz, kuylagingizni yamoqli qiling, etigingizni tikib kiying. Orzularni
kamaytiring va to‘ymasdan ovqat yeng».
Abu Usmon Hindiy aytadi: «Umarning, Alloh undan rozi bo‘lsin, o‘n ikki yamoq
ko‘ylagida, xutba o‘qiyotgan-larini ko‘rdim».
Ali ibn Abu Tolib bozorga kirdi. U kishi qo‘pol kiyinib olgan edi. Aytishdiki: «Ey
mo‘minlarning amiri! Bundan yumshoqroq kiyim kiysangiz-chi?» Aytadi: «Bu yurak
uchun tavozu’lidir va solihlarning shioriga o‘xshaydi. Mo‘minlar uchun iqtido qilmog‘i
yaxshiroqdir».
Abu Zarr G‘iforiy aytdi: «Men odamlarni hayvonlarning tabibidan ham ko‘ra yaxshi
bilguvchiman. Ammo ularning yaxshisi zohidlardir. Ammo ularning yomonlari dunyodan
kifoya qiladigandan ham ko‘p olgan kimsalardir».
Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Xatolarning onalari uch narsadir: hasad, hirs va kibr.
Kibrning asli iblisdandir. U takabburlik qilgan vaqtda sajda qilmoqdan bosh tortdi.
So‘ngra la’natlandi. Ammo hirs Odam alayhissalomdan edi. Unga aytilgan edi:
«Jannatning hammasi senga ijozatdir, faqat bu daraxtga yaqinlashma». Uni hirs ko‘tarib,
daraxt mevasidan yemoqlikka undadi va jannatdan haydatdi. Hasadning asli Odamning
o‘g‘li Qobildan edi. Ukasini o‘ldirgan vaqtda kofirga aylandi va uning joyi abadiy do‘zax
bo‘ldi».
Zikr qilindi: Odam alayhissalom o‘g‘li Shis alayhissalomga besh narsani vasiyat qildi.
Shis alayhissalom ham o‘g‘illariga vasiyat qilishni buyurdi, birinchisi, «Bolalaringga
aytgin, dunyo bilan xotirjam, oromli bo‘lib qolmasin. Chunki men abadiy jannat bilan
xotirjam bo‘lib qoldim, Alloh mendan rozi bo‘lmadi va jannatdan chiqardi». Ikkinchisi:
«Xotinlaringizning havosiga amal qilmangizlar. Men xotinimning havosiga amal qilib,
man’ qilingan daraxtning mevasidan yedim va pushaymon bo‘ldim». Uchinchisi: «Qaysi
amalni qilsangiz, oqibatini o‘ylang. Agar, men qilayotgan ishimning oqibatiga
qaraganimda, menga yetgan bunday tushkunlikka tushmasdim». To‘rtinchisi: «Agar
qalblaringiz biron narsa bilan iztirob cheksa, undan saqlaningizlar. Men daraxt
mevasidan yeyayotgan vaqtimda qalbim iztirob chekdi. Lekin undan qaytmadim va
pushaymonga qoldim». Beshinchisi: «Ishlaringizda maslahatlashingizlar. Agar men
maloikalar bilan maslahatlashganim-da, (menga yetgan) bunday qiyin ahvolga tushib
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy