Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
140
287. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Dunyoga rag‘bat qilishlik xafalikni va g‘amni
ko‘paytiradi. Dunyoda zohidlik qalb va badanga rohat beradi. Sizlardagi faqirlikdan
qo‘rqmayman, lekin sizlardagi boylikdan qo‘rquvchiroqman;
boylik sizlar uchun dunyoda
keng yoyilib ketgaydir, oldingilarga yoyilganidek. Ular tortishganlaridek, tortishgaysizlar.
So‘ngra sizlarni ularni halok qilgandek halok qilgay».
288. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Bu ummatdan avvallarining
yaxshisi zohidlik va
yaqinlik bilandir. Bu ummatning oxirlarining halok bo‘luvchilari baxillik va orzular
bilandir».
____________
XXV bob. Hirs va uzun orzu hadislari
1. Abu Dardo. “Nimagadir olimlaringizning ketayotganini ko‘rayapman...” Zaif*. Abu Na’im, “Al-xulya” (221/1) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab”
(1196).
2. Mus’ab ibn Sa’d. “Albatta, Hafsa onamiz, otalari Umarga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi...” Abu Na’im, “Al-xulya” (4811)
va Ahmad, “Az-
zuhd” (154-bet) va Ibn Muborak (574).
3. Masruq. “Oisha onamizga aytdim:...” Sahih*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (1270). Hissasi muttafaqun alayhi, Buxoriy (6439, 6436/11) va
Muslim (1048, 1049/2) Ibn Abbosdan.
4. Anas ibn Molik. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Odam farzandida hamma narsa qariydi...” Sahih*. Buxoriy (6421/11) va Muslim (1047/2).
5. Abdulloh ibn Umar. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Dunyoda go‘yoki...” Sahih*. Buxoriy (6412).
6. Hasan Basriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalariga aytdilar:...” Hasan*. Ahmad (387/1), Termiziy (2457) va Hokim (323/4) va “Al-mishkot”
(1608) ga qarang.
7. Muvarraq Ajliy. “Payg‘ambar (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar...” Sahih*. Muslim (2958/4)
8. Oyisha. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Oyisha, menga yetmoqni xohlasang...” Zaif*. Termiziy (1780), Hokim (312/4) va
Ibn Adiy, “Al-
komil” (5214).
9. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Parvardigor! Kim meni yaxshi ko‘rsa...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab (1475) va Asbahoniy, “At-
targ‘ib” (2350).
10. Husayn ibn Ali. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Dunyoga rag‘bat qilishlik xafalikni va g‘amginlikni ko‘paytiradi...” Zaif*. Ahmad. “Az-zuhd”
(16-bet), Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (10536).
11. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlardagi faqirlikdan qo‘rqmayman...” Sahih*. Buxoriy (6425/11) va Muslim (2961), Termiziy
(2462), Ibn Moja (3997).
12. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bu ummatdan avvallarining yaxshisi...” Hasan*. Ahmad, “Az-zuhd” (12-bet) va Bayhaqiy, “Ash-
shu’ab” (10845), Ibn Amrdan.
Dostları ilə paylaş: