Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
139
«(Ey Muhammad!) Hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham
o‘lguvchidirlar»
(Zumar, 30). Va boshqa oyatda: «Bas, ularning ajallari yetib
kelganida esa uni biror soat ketga ham sura olmaydilar, (uni) muqaddam ham qila
olmaydilar» (Nahl, 60).
Musulmon uchun o‘limning zikrini ko‘paytirmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki mo‘min olti
xislatga ega bo‘lishi kerak:
1. Ilm – uni oxiratga yetkazadi.
2. Do‘st – unga Alloh taolo toatlariga yordam beradi va gunoh ishlardan qaytaradi.
3. Dushmanni bilish va undan hazar qilish.
4. Ibrat – u bilan Allohning mo‘’jizalariga (oyatlariga) e’tibor beradi. Kecha va
kunduzning almashib turishi kabi.
5. Xaloyiqqa insof qiladi – qiyomatda xusumatchilari ko‘paymasligi uchun.
6. O‘limga yetmasdan avval o‘lim uchun tayyorgarlik ko‘radi – qiyomat kuni sharmanda
bo‘lmasligi uchun.
283. Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalariga: «Hammalaringiz jannatga kirishni
xohlaysizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Ha! Sizni Alloh taolo bizga fido qildi, ey Allohning
rasuli!» dedilar.
Aytdilar: «Orzularni katta qilmanglar, Allohdan haqiqiy hayo bilan hayo qilingizlar».
Sahobalar aytdilar: «Ey Allohning rasuli, hammamiz Allohdan uyalamiz!»
Aytdilar: «U hayo emas, lekin Allohdan hayo qilish: qabrlarni va chirimoqni
eslamoqlaringiz, qorin va uni o‘rab turgan narsalarni, bosh va uni o‘rab turgan narsalarni
saqlamoqligingizdir».
Kim oxirat hurmatini xohlasa, dunyo ziynatini tashlaydi. Bu yerda banda Alloh taolodan
haqiqiy hayo qiladi. Bu bilan Allohning do‘stiga aylanadi.
284. Muvarriq Ajliy aytdi: Payg‘ambar (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar:
Dostları ilə paylaş: