albatta, ziyoda qilaman" , dedi; agar gunohlarni qilaverib, uning gunohlari kufrgacha
yetsa, keyin tavba qilsa, tavbasini qabul qilib, uni yaxshi ko‘radi:
"Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi" (Baqara, 222); agar sizlarga berilgan narsalar Jabroil va Mikoilga ham berilganda,
ularning ajrlari kattaroq bo‘lardi. Bas, Alloh taolo aytdiki:
"Menga duo qilinglar, Men ijobat qilaman" (Fofir, 60).
350. Yahyo ibn Jobir Toiydan rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Kim o‘zining o‘n ikki yoshli farzandini o‘zidan oldin oxiratga kuzatsa, u kishi uchun
undan ko‘ra ajri buyukroq va mahbubroq narsa bo‘lmaydi".
Aytiladi: Sabr qilish musibatga birinchi to‘qnashganda muhimdir. Chunki vaqt o‘tgach,
kishi xohlasa ham, xohlamasa ham, sabr etadi. Oqil musibatning avvalida sabr qilgan
kishidir.
Ibn Muborakning o‘g‘illari vafot etdi. Bir majusiy ta’ziyaga kelib aytdi: "Oqil inson
bunday kunda johil besh kundan keyin qiladigan ishni qilmog‘i lozim". Bu gapni eshitib
Ibn Muborak: "Bu hikmatni yozib olinglar", dedilar.
351. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim musibat yetgan kishiga
ta’ziya bildirsa, uning ajri kabi unga ham ajr bo‘ladi".
352. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Sabr uch xil bo‘ladi. Toatga sabr
qilish, musibatga sabr qilish va gunohdan tiyilish uchun sabr qilish. Kim musibatga sabr
qilib, uni go‘zal suratda qaytarsa, Alloh unga uch yuz darajani yozadi. Kim toatga sabr
qilsa, Alloh unga yetti yuz darajani yozadi va kim gunohdan sabr bilan tiyilsa, Alloh unga
to‘qqiz yuz darajani yozadi. Har darajaning orasi yerning tagidan to arshgacha bo‘lgan
masofaning ikki barobaridir".
Ibn Abbosdan rivoyat. U kishi aytadilar: "Alloh taolo Lavhul-mahfuzda yozgan birinchi
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy