www.ziyouz.com kutubxonasi
163
narsa: Men Allohman, Mendan boshqa iloh yo‘q, Muhammad Mening elchimdir. Kimki
qazoi qadarimga o‘zini topshirsa, balolarimga sabr etsa va ne’matlarimga shukr qilsa,
uni siddiq deb yozaman va qiyomat kunida siddiqlar bilan turgizaman, kim qazoi
qadarimga taslim bo‘lmasa va balolarimga sabr etmasa, ne’matlarimga shukr qilmasa,
Mendan boshqa ilohni topib olsin".
Ibn Muborak aytadilar: "Musibat bittadir. Agar musibatzada dod-voy solib, to‘polon qilsa,
ikkita bo‘ladi". Ya’ni, musibati ikkitaga aylanadi. Birinchisi – o‘sha musibatning o‘zi,
ikkinchisi – musibatga berilgan ajrning ketmog‘i. Bu esa, musibatning eng kattasidir.
353. Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Kimga musibat yetsa, menga bo‘lgan musibatni eslasin, chunki u musibatlarning eng
kattasidir".
354. Yana Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Kim jannatni yaxshi ko‘rsa, yaxshiliklarga shoshiladi. Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqsa,
shahvatlarni tark qiladi. Kim o‘limni kutsa, lazzatlarni tark etadi. Kim dunyoda turib,
dunyoni tark qilsa, unga musibatlari yengil bo‘ladi".
Ba’zi kitoblarda oltita satr zikr qilingan: Birinchi satr – kim dunyoga haris bo‘lib tong
ottirsa, Alloh taologa g‘azab qilgan holda tong ottiribdi; ikkinchi satr – kim o‘ziga
tushgan musibatdan shikoyat qilsa, Rabbidan shikoyat qilibdi; uchinchi satr – kim
rizqining qaerdan kelishiga parvo qilmasa, Alloh uning qaysi eshikdan do‘zaxga kirishiga
parvo qilmaydi; to‘rtinchi satr – kim xatolar qilib kulsa, do‘zaxga kirganda yig‘laydi;
beshinchi satr – kimning eng katta g‘ami shahvat bo‘lsa, Alloh uning qalbidan oxirat
qo‘rqinchini oladi; oltinchi satr – kim boyga boyligi uchun tavozu’ qilsa, ikki ko‘zi och
kambag‘alga aylanadi.
___________________
Musibatga sabr qilish bobi hadislari 340-hadis. Mavzu’. “Mavzu’ot”ga qarang.
341-hadis. Juda zaif. Tabaroniy, Bayhaqiy va boshqalar rivoyat qilgan. Ibn Javziy “Mavzu’ot”da keltirgan.
342-hadis. Muttafaqun alayh.
343-hadis. Juda zaif. Ibn Mojja rivoyat qilgan.
344-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan. Ibn Hibbon sahih sanagan.
345-hadis. Mursal. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
346-hadis. Juda zaif. Ibn Sano “Al-yavmu val-laylu” kitobida keltirgan.
347-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud va boshqalar rivoyat qilgan.
348-hadis. Zaif, mursal.
349-hadis. Hasan. Termiziy, Tayolisiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
350-hadis. Zaif. Sanadida uzilish bor.
351-hadis. Zaif. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
352-hadis. Zaif. Ibn Abu Dunyo, Abu Shayx rivoyat qilgan.
353-hadis. Zaif. Ibn Adiy, Ibn Sano, Dorimiy rivoyat qilgan.
354-hadis. Zaif. Ibn Adiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.