Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
182
398-hadis. Isnodi noma’lum.
399-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
400-hadis. Zaif. “Zaifut-Termiziy”ga qarang.
401-hadis. Duo haqidagi jumladan boshqasi sahih. Abu Dovud, Asbahoniy rivoyat qilgan.
402-hadis. Muttafaqun alayh.
403-hadis. Juda zaif. Ikkita illati bor: Roviylaridan birining (Juvaybir) hadisi matruk (tark qilinadi); munqote’.
404-hadis. Shunga o‘xshashishi Daylamiy “Firdavs”da rivoyat qilgan.
405-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy “Mavzu’ot”da rivoyat qilgan.
406-hadis. Zaif. Tabaroniy “Al-kabir”da rivoyat qilgan va illatli sanagan.
407-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Ibn Huzayma rivoyat qilgan.
O‘TTIZ UCHINCHI BOB
TAHORAT VA POKLIK
408. Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: Ibn Abbos (r.a.)
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilarki: "Misvokni mahkam
tutinglar. Unda o‘nta xislat bor: Og‘izning pokligi; Alloh roziligi va maloikalar xursandligi;
ko‘zning ravshanligi; tishlarning oppoq bo‘lishi; milkning qattiq bo‘lishi;
yomon hidlarni
ketkizadi; taom hazmi; balg‘amni ketkizadi; namozlar u bilan ziyoda bo‘ladi; og‘izning
hidini yaxshi qiladi. Misvok tutish Qur’on yo‘lidir".
409. Avzoiy Hasson ibn Atiyaydan, u Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallamdan rivoyat
qiladilar: "Tahorat imonning bo‘lagidir, misvok esa, tahoratning bo‘lagidir. Agar
ummatimga qiyin bo‘lmaganda, har namoz oldidan misvok qilmoqqa buyurar edim.
Bandaning ikki rak’atni misvok qilib o‘qigan namozi misvok qilmasdan o‘qilgan yetmish
rak’at namozdan afzaldir".
410. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Besh narsa fitratdandir: Mo‘ylovni qisqartirish, tirnoqlarni olish, avrat joylardagi tuklarni
olish, qo‘ltiq osti tuklarni tozalash va misvok ishlatish".
Ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytadilar: "Ovqatdan keyin
misvok ishlatish ikkita
cho‘rini ozod qilishdan afzaldir".
411. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Menga Jabroil qo‘shni to‘g‘risida
shunday ko‘p vasiyat qilardiki, yaqinda qo‘shniga meros tayinlansa kerak, deb o‘ylardim.
Qullar to‘g‘risida shunday ko‘p vasiyat qilardiki,
hammalari ozod qilinadi, deb gumon
qilardim. Misvok ishlatishni shunday ko‘p vasiyat qilar ediki, milkim ketib qoladi, deb
gumon qilardim. Ayollar haqida shunday ko‘p vasiyat qilardiki, taloq harom bo‘lib qoladi,
deb o‘ylardim. Kechasida namoz o‘qishga shunday ko‘p vasiyat qilardiki, ummatimning
eng yaxshilari
kechasi uxlamasalar kerak, deb o‘ylardim".
412. Mujohid aytadilar: "Jabroil (a.s.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga
bir muddat kelmay qoldi. Keyin kelganida Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil,
nega ushlanib qoldingiz?" dedilar. Jabroil (a.s.): "Qanday kelaylik, sizlar tirnoqlaringizni
olmaysizlar, mo‘ylovlaringizni qisqartirmaysizlar, barmoq oralaringizni tozalamaysizlar,
misvok qilmaysizlar", dedi. Keyin ushbu oyatni o‘qidi:
Dostları ilə paylaş: