Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
183
413. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Jum’a kuni g‘usl qilish, misvok
tutish, xushbo‘ylanish har bir musulmonning burchidir".
Hamid ibn Abdurahmon aytadi: "Kim tirnoqlarini jum’a kuni olsa, Alloh uni kasallikdan
chiqaradi va unga shifo beradi".
414. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim jum’a kuni tirnoqlarini olsa, u
moxov kasalligidan omondadir".
415. Ba’zi xabarlarda rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam har qirq
kunda avrat joylarning tukini va har jum’a kuni tirnoqni olishni tayin qilganlar.
416. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: "Misvok bilan
og‘izlaringizni xushbo‘y qilinglar, chunki og‘izlaringiz Qur’on yo‘lidir".
Faqih aytadilar: Misvok tutish uch vajhga ko‘radir. U bilan Alloh taolo roziligini va
sunnatni ado etishni iroda qilish yoki o‘zining foydasini iroda qilish yoki odamlarning
roziligini iroda qilish. Agar Alloh taoloning roziligini va sunnatni qoim qilishni iroda etsa,
savob topgandir va xabarda kelganidek, har bir namozi yetmish namozga tengdir. Agar
u bilan manfaatini iroda qilgan bo‘lsa, unga ajr yo‘q va hisobini beradi. Agar odamlarning
ko‘zi uchun qilgan bo‘lsa, u gunohkor hisob beruvchidir.
Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning:
"Eslang: Ibrohimni Parvardigori bir necha so‘zlar bilan imtihon qilganida ularni
benuqson holda ado etdi. Shunda (Alloh taolo): "Albatta, Men seni odamlarga
imom qiluvchidirman",
dedi" (Baqara, 124), degan so‘zi haqida aytadilar: "U zotni
beshta boshdagi va beshta jasaddagi tahorat bilan imtihon qildi. Boshdagisi – mo‘ylovni
qisqartirish, g‘arg‘ara qilish, burun chayish, misvok va boshning farqi. Jasaddagisi –
tirnoqlarni olish, xatna qilish, qo‘ltiq tuklarini olish, avrat joylarning tukini olish va suv
bilan istinjo qilish".
______________
Dostları ilə paylaş: