Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

 
QIRQ YETTINCHI BOB 
GUNOHLAR HAQIDAGI RIVOYATLAR
553. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning 
bunday deganlarini eshitdim: "Alloh taolo Musoga (a.s.) bergan sahifalar ichida o‘nta 
bob bo‘lib, birinchi sahifada yozilgan kalima bu edi: "Ey Muso, Menga hech shirk 
keltirma. Mening mushriklar yuzi o‘tda yonishi haqidagi so‘zim haqdir. Menga shukr qil, 
ota-onangga shukr qil, shunda seni halokatdan saqlayman va umringni ziyoda qilaman
yaxshi hayotda yashattiraman va yanada yaxshirog‘iga burib qo‘yaman. Men o‘ldirishni 
harom qilgan jonni o‘ldirma, Men uni harom qildim. Mabodo, bu ishni qilsang, yer senga 
kengligi bilan ham torlik, osmon shuncha kattaligi bilan ham tanglik qiladi, g‘azabim 
bilan do‘zaxga tushib qolasan. Mening ismim bilan yolg‘on va gunohkor holatda qasam 
ichma. Chunki kim Meni poklamasa, ismlarimni ulug‘ tutmasa, uni ham poklamayman. 
Odamlarga Men bergan narsalarga hasad qilma. Chunki hasadchi Mening 
ne’matlarimning dushmani, qazoimni rad etuvchi, Men taqsim qilib bergan narsaga 
g‘azablanuvchidir. Kim shunday qilsa, u Mendan emas, Men undan emasman. Qulog‘ing 
ma’nosiga yetmagan, aqling anglay olmagan, qalbing bog‘lanmagan narsalarga guvohlik 
berma. Men qiyomat kuni guvohlarni bergan guvohliklari to‘g‘rimi yoki yo‘qmi, qattiq 
so‘roq qilaman. O‘g‘rilik qilma, qo‘shnining xotini bilan zino qilma. Agar qilsang, sendan 
yuzimni va osmon eshiklarini berkitaman (ya’ni, duolarni qabul qilmayman), o‘zing 
yaxshi ko‘rgan narsalarni odamlarga ham yaxshi ko‘r. Mendan boshqaga atab qurbonlik 
so‘yma, faqat Mening nomimni atab so‘yilgan qurbonliklarni qabul qilaman. Agar u 
Mening yo‘limda xolis bo‘lgan bo‘lsa, shanba kuni men uchun hamma narsadan ajral va 
uyingdagi hamma ahllaringdan uzoq bo‘l". 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin