www.ziyouz.com kutubxonasi
225
Bunday deganlari riboning ko‘payishiga, qarzlar va oldi-sotdilarda har xil hiylalar va
shubhalar zohir bo‘lishiga, odamlarning mollari sudxo‘rlik, shubha va haromlar bilan
aralashib ketishiga, hatto, mollar orasini farqlash mumkin bo‘lmay qolishiga, odamlar
o‘zlari bilmagan holda yeyishlariga va uning zarari hammaga yetishiga dalolatdir.
Holbuki, ular o‘rtaga tushmagan, shohidlik qilmagan, uni yozmagan yoki sudxo‘r bilan
muomalada bo‘lmagan.
Savdogar tijorat qilish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi ilmni olishi lozim, sudxo‘rlik bilan
yemaslik, halol va harom orasini ajratish, moliga haromni aralashtirmaslik, harom
moldan yemaslik, to‘g‘rilik va yolg‘onchilikni bilib olish, sunnat va bid’atni farq qilish,
kufr va imonni ajratish uchun, albatta, ilm olish zarur bo‘ladi.
550. Hasan (r.a.) rivoyat qilgan mashhur hadis ham shu xususdadir: "Men Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallamdan bir necha marta: "Shubhali narsani tark qilib, shubhasizini
oling. Chunki to‘g‘rilik va ishonch xotirjamlikdir, shak va yolg‘onchilik gumondir",
deganlarni eshitib yod olganman".
Torozi va o‘lchovda diqqatli bo‘lmoq lozim. Chunki Alloh taolo torozi va o‘lchov ishi
haqida qattiq so‘z aytdi va shiddatli azobni va’da qildi.
"Urib qoluvchi kimsalarga vayl bo‘lgay", ya’ni, qattiq azob. Aytilishicha, jahannamda vayl degan vodiy bor, u joy o‘lchov va torozidan urib qoluvchilar uchundir. "Ular odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan", ya’ni, o‘z haqlarini to‘la qilib oladigan, "boshqalarga o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa, kam qilib beradigan kimsalardir". Keyin Alloh taolo aytdi: "Ular o‘zlarining ulug‘ bir kunda barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turib (hisob-kitob beradigan qiyomat) kunida qayta tiriluvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?" (Mutaffifun, 1-5).
551. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga keldilar. Madina ahli o‘lchov ishida
yomon odamlar edi. Ularda ikki xil torozi bo‘lib, sotib olmoqchi bo‘lsalar, oshig‘i bilan
tortadiganini qo‘llardilar, sotmoqchi bo‘lsalar, kamaytirib tortadiganini ishlatar edilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunda: "Sizlarga qilayotgan ishlaringiz sabab
vayl bo‘lsin", dedilar. So‘ng Alloh taolo bu oyatlarni Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam kelishlari barakotidan odamlar adolatli va insofli bo‘lishlari, bu bilan olamni
obod qilish uchun nozil etdi, odamlarni haqqa va to‘g‘rilikka buyurdi.
"Ular qayta tiriluvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?" deb aytyapti Alloh taolo. Ya’ni, ular
qiyomat kunida qayta tirilishlariga ishonishmaydimi? Ular har zarra uchun hisob
beradilar, qilgan har bir amallariga mukofotlanadilar va odamlardan urib qolgan har bir
narsalari uchun azoblanadilar. Hisob-kitob kunida mol, dinoru dirham bo‘lmaydi, e’tibor
beringiz, ey odam farzandlari, Alloh taolo u kunni "ulug‘ kun" deb nomladi. U kunda
"barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turadi", ya’ni, Alloh qudrati
oldida to‘xtaydilar va ulardan ozu ko‘p hammasi so‘raydi, kitobidan nima amal
qilganlarini o‘qiydi. Alloh taolo aytganidek: