Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
227
553a. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh taolo Musoga (a.s.) shanba 
kunini va bizlarga jumani bayram qilib berdi". 
554. Muhammad ibn Ka’b Quzariy aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
minbarga chiqdilar, so‘ngra o‘ng kaftlarini ushladilar va: "Alloh taolo ahli jannatlarning 
kitobini ism va nasablari bilan yozdi. Undan ziyoda ham bo‘lmaydi, kamaymaydi ham", 
dedilar. Keyin chap kaftlarini ushlab, aytdilar: "Alloh taolo boshqa kitobda do‘zax 
ahllarining ism va nasablari bilan yozdi, ulardan ziyoda ham bo‘lmaydi, kamaymaydi 
ham. Saodat ahli bo‘lgan ba’zi kishilar baxtsizlarning amallarini qiladi, hatto ularni ham 
o‘shalardan deb o‘ylashadi, balki ular o‘limlari oldidan tuyaning o‘kirishicha vaqt bo‘lsa 
ham, baxtlilarning amalini qilishadi, so‘ngra Alloh taolo taqdiri azaliysi bilan ularni 
baxtsizlikdan saodatmandlikka o‘tkazib qo‘yadi. Badbaxtlar ahli saodatlar amalini 
qiladilar, hatto o‘lim topadilr. Tuyaning o‘kirishicha bo‘lsa ham (yomon amal qiladilar). 
Bas, saodatli Alloh taoloning qazosi ila saodatlidir, badbaxt Alloh taoloning qazosi ila 
baxtsizdir, amallar xotimasiga ko‘ra baholanadi". 
555. Fuzola ibn Ubayddan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hajjatul 
vado’da aytdilar: "Sizlarga mo‘min, muslim, mujohid va muhojir kimligining xabarini 
beraymi? Odamlarning jonlari va mollari undan salomat bo‘lgan kishi – mo‘min; odamlar 
uning tilidan, qo‘lidan salomat bo‘lgan kishi – muslim; Alloh taologa itoatda o‘z nafsi 
bilan jihod qilgan kishi – mujohid; gunoh va xatolarni tark qilgan kishi – muhojir". 
Abu Dardo aytadilar: (r.a.) "Allohga Uni ko‘rib turgandek ibodat qilinglar va o‘zlaringizni 
o‘liklardan sananglar. Bilinglarki, sizlarni ozgina narsa boy qilishi ko‘p narsalarni yaxshi 
ko‘rib, unga yugurishdan yaxshiroqdir. Bilinglarki, yaxshilik eskirmaydi, gunoh 
unutilmaydi". 
556. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot 
aytdilarki: "Yaxshilik eskirmaydi, gunoh unutilmaydi. Hukm qiluvchi foniy bo‘lmaydi. 
Xohlaganingdek bo‘l, qanday dinlansang, shunday hukm qilinasan". 
Faqih (r.a.) aytadilar: "Qanday dinlansang, shunday hukm qilinasan", degan so‘zlarining 
ma’nosi agar yaxshi amal qilsang, yaxshilik savobini olasan, agar yomon amal qilsang, 
qiyomat kuni yomonlik bilan "mukofotlanasan", deganidir. 
Alloh taoloning so‘zi: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin