www.ziyouz.com kutubxonasi
269
Aytiladi: "Agar olimlar halol mol to‘plash bilan mash-g‘ul bo‘lib qolishsa, avom xalq
shubhadan yeydiganlarga aylanadi. Agar olimlar shubhali luqma yeyishsa, avom xalq
harom yeydiganlarga aylanadi. Va agar olimlar harom yeyishsa, avomlar kofirga
aylanadi".
Faqih aytadilar: Chunki ulamolar haloldan yig‘ishni boshlasalar, avom xalq ham ularga
ergashib, mol to‘plashga tushadi, ammo ular ilmni yaxshi bilmaydi. Shunday qilib,
shubhaga tushadi. Ammo olimlar haromdan saqlanib, shubhadan olsalar, ularga johillar
ergashadi. Ular shubha bilan haromni ajrata olmaydi va haromga kirishib ketadi. Ammo
agar olimlar haromdan olsalar, ularga yana johillar ergashadilar va ular olayotganlarini
halol deb gumon qiladilar, natijada haromni halol sanaganlari uchun kofirga aylanadilar.
Aytiladi: Qiyomat kunida johillar olimlarga yopishadi va: "Sizlar bilgan edinglar, lekin
bizlarga dalolat qilmadinglar, bizlarni qaytarmadinglar, shu ishlaring uchun biz bu holga
tushib o‘tiribmiz", deb aytadi.
680. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: "Odamlarning qaysisi yomon?" deb
so‘rashdi. Aytdilar: "Buzilgan olim".
Aytiladi: Agar olim buzilsa, uning buzuqligidan olam buziladi.
Bishr ibn Horisdan rivoyat qilinadi. U kishi hadis sohiblariga aytar edilar: "Bu
hadislarning haqqini ado qilinglar", deb. "Qanday ado qilamiz?" deyishsa, "Har ikki yuz
hadisdan beshtasiga amal qilinglar", der edilar.
Hakimlardan biri aytadi: "Bizning zamonimizda ilm o‘rganmoq ayb, eshitish do‘stlik,
shahvatni so‘zlash shahvat, ilmga amal qilish jon olinishi kabidir".
681. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. Sarvari Olam aytdilar:
"Kim ilmni to‘rt narsa uchun o‘rgansa, do‘zaxga kiradi. Ilmi bilan olimlar ichida faxrlanish
uchun, ahmoqlar bilan tortishish uchun, odamlarning e’tiborini qozonish uchun va
amirlardan mol, obro‘, hurmat olish uchun o‘qisa".
Sufyoni Savriy aytadilar: "Ilmning boshi – jim turish, keyingisi – eshitish, uchinchisi –
yod olish, to‘rtinchisi – unga amal qilish, beshinchisi – uni tarqatish".
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Olim yoki ilm oluvchi yoki eshituvchi bo‘l, ammo to‘rtinchisi
bo‘lma, halok bo‘lasan", ya’ni, o‘qimaydigan, ta’lim olmaydigan, eshitmaydigan, yaxshi
ko‘rmaydiganlardan bo‘lma.
Aytilishicha, olimlar uchtadir.
1. Allohga olim va Allohning bo‘yrug‘iga olim.
2. Allohga olim, lekin Allohning buyrug‘i olim emas.
3. Allohning amriga olim, Alloh uchun olim emas.
Allohga va Allohning buyrug‘iga olim, u Allohdan qo‘rqadi va Uning haddi, farzlarini
biladi.
Allohga olim, lekin Allohning amriga olim bo‘lmagan kishi Allohdan qo‘rqadi, lekin Uning
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy