www.ziyouz.com kutubxonasi
272
Uchinchidan, uyidan chiqsa, unga Allohning rahmati tushadi.
To‘rtinchidan, olimning oldiga o‘tirganlarga rahmat tushadi, demak, unga ham shu
rahmatdan nasiba yetadi.
Beshinchidan, modomiki, eshitib turar ekan, unga ham yaxshilik yoziladi.
Oltinchidan, maloikalar olimlardan rozi bo‘lib, ularni qanotlari bilan o‘rab turadilar.
Tabiiy, ushbu majlisda o‘tirgan ilmsiz kishi ham bundan nasiba oladi.
Yettinchidan, har bir qo‘ygan va ko‘targan qadami gunohlari uchun kafforat bo‘ladi,
darajasini yuksaltiradi va yaxshiliklarini ziyoda etadi. So‘ngra uni Alloh taolo boshqa olti
narsa bilan ikrom qiladi:
– olimlar majlisida qatnashishni yaxshi ko‘rish ne’mati bilan mukarram etadi;
– olimga ergashgan har bir kishining savobidan kamaytirilmasdan unga ham beriladi;
– agar ulardan birortasining gunohi kechirilsa, u boshqalarga shafoatchi bo‘ladi;
– qalbi fosiqlar majlisidan soviydi;
– solihlar va ta’lim oluvchilar yo‘liga kiradi;
– Alloh taoloning amrini bajaradi. Chunki Alloh taolo:
“Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib o‘rganib, yolg‘iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘linglar” (Oli Imron, 79-oyat), deb
aytgan. Ya’ni, bandalarini olim va faqih bo‘lishga chaqirgan.
Bu oyat hech narsa o‘qimagan va yodlamagan kishilar uchun, yodlab o‘rgangan zotlar
esa, ilmlariga yana ilm qo‘shishlari lozim».
Hakimlardan bittasi aytadi: “Alloh taoloning dunyoda ham jannati bordir. Kim shu
jannatga kirsa, yashash tarzi go‘zal bo‘ladi. U jannat zikr majlislaridir.
684. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar “Salohiyatli majlis mo‘minning mingta yomon
majlisiga kafforat bo‘ladi”
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: “Agar bir kishi uyidan chiqayotganida gunohi Tuhoma
tog‘idek bo‘lsa, so‘ng ilm eshitib, qo‘rqib gunoh qilishdan to‘xtasa, uyiga qaytganida,
unda gunoh qolmaydi. Ulamolarning majlisidan ajramanglar. Chunki Alloh taolo
olimlarning majlisidan ko‘ra hurmatliroq joyni yer yuzida yaratmagandir”.
685. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga
kelib: “Qiyomat qachon bo‘ladi?”deb so‘radi. Nabiy (s.a.v.) u kishiga: “Unga nima
tayyorlading?” dedilar. “Namoz va ro‘zalarim ko‘p emas. Ammo men Allohni va
Payg‘ambarini yaxshi ko‘raman”, dedi haligi kishi. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Kishi yaxshi
ko‘rgani bilan birga bo‘ladi, sen xam yaxshi ko‘rganing bilan bo‘lasan”. O‘shanda
musulmonlar qattiq xursand bo‘lishdi, ularning boshqa biron narsadan bunchalik xursand
bo‘lganlarini ko‘rmagan edim”.
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Uch narsani haqiqat bilaman: Alloh taolo bandasiga bu
dunyoda bir narsasini bermagan bo‘lsa, qiyomat kuni boshqasi bilan nasibador etadi;
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy