Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə307/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
275
qo‘shnidan panoh tilayman”.
Muoviya ibn Abu Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinishicha, u kishi suhbatdoshlaridan: “Sizlar 
uchun dunyoning yaxshiligi nimada?” deb so‘radilar. Ularning har biri fikrini aytishdi. 
Shunda Muoviya dedilar: “Ofiyat kishi uchun uch narsadadir: boshpana bo‘larlik uy, 
qoniqtirarlik yashash sharoiti, rozi qiladigan xotin. Bizlar ularni bilmaymiz”. O‘sha paytda 
u zot xalifa edilar. 
Sufyoni Savriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi deydilar: “Alloh taolo sizni ikki ne’mat 
bilan rizqlantirgan – sultonning va tabibning eshigiga borishdan saqlagan bo‘lsa, Unga 
hamd ayting va shukr qiling”. 
Bakr ibn Abdulloh Mazaniy aytadilar: “Kim musulmon bo‘lib, badani ham sog‘lom bo‘lsa, 
unda dunyo va oxirat ne’matlarining kattasi jamlanibdi. Chunki dunyo ne’matlarining 
sayyidi – salomatlik, oxirat ne’matlarining sayyidi – Islom”. 
691. Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ikki ne’mat bor. 
Ko‘p odam ularning qadriga yetmaydi. Bu ikki ne’mat salomatlik va bo‘sh vaqtdir”.
Ba’zi tobe’inlardan (r.a.) rivoyat qilinadi: “Kimda ne’matlar ko‘rinish berib ko‘paysa, 
Allohga hamd va zikrni ko‘paytirsin. Kimning g‘amlari ko‘paysa, istig‘forni ko‘paytirsin. 
Kimga kambag‘allik yopishsa, “la-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘aziym”ni 
ko‘p aytsin”. 
692. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Agar taomda to‘rt narsa bo‘lsa, mukammal 
bo‘ladi: haloldan bo‘lsa, yeyilayotganida Alloh nomi zikr qilinsa, shu taomdan yeydigan 
qo‘llar ko‘p bo‘lsa, yeyilgandan so‘ng Allohga hamd aytilsa”. 
693. Hasan Basriy Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytdilar: “Alloh 
bandaga xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, bir ne’mat bersa va banda Allohga hamd aytsa
batahqiq, unga olganidan ham afzalroq narsa berilibdi”. 
694. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning ishi ajoyib. Uning hamma ishi o‘ziga 
foyda. Agar bir yaxshilik yetsa, unga shukr qiladi va u uchun yaxshi bo‘ladi. Agar 
yomonlik yetib, sabr qilsa, bu ham yaxshilik bo‘ladi”. 
Makhuldan (r.a.) Alloh taoloning: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin