Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
274
687. Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan ekanlar: «Otaning yuziga qarash – ibodat, Ka’baga 
qarash – ibodat, Mushafga qarash – ibodat, olimning yuziga qarash – ibodat». 
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Olimlar yulduzlarga o‘xshaydi. Agar ko‘rinib tursa, 
odamlar ular bilan yo‘l topishadi. Agar ko‘zdan yo‘qolib, zulmatda qolsa, qayoqqa 
yurishni bilmay, hayron qolishadi. Olimning o‘limi bilan Islomda bo‘shliq paydo bo‘ladi. 
Vaqt o‘tsa-da, bu bo‘shliqni biror narsa to‘ldira olmaydi”. 
__________________ 
Ilm ahli bilan birga o‘tirish fazilati bobi hadislari
682-hadis. Muttafaqun alayh. 
683-hadis. Muttafaqun alayh. 
684-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qilgan. 
685-hadis. Muttafaqun alayh. 
686-hadis. Hasan. Ahmad, Tabaroniy rivoyat qilgan. 
687-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qildilar. “Kashful xofa”ga qarang. Hadisning oxirgi jumlasi sahih deb hisoblanmagan.
 
OLTMISHINCHI BOB
SHUKR HAQIDA
688. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) sahih sanad orqali Anas ibn Molikdan (r.a.), u 
kishi Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: “Alloh taolo yeb-
ichganidan keyin Unga hamd aytgan bandasidan rozi bo‘ladi”. 
689. Asmo binti Yazid aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim. U zot aytdilarki: 
“Qachon Alloh taolo avvalgiyu oxirgilarini yig‘sa, bir nido qiluvchi kelib: “Bugun hamma 
kim hurmatga loyiq ekanini biladi. Yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lganlar tursinlar”, 
deb nido qiladi. Uni butun xaloyiq eshitadi. Ular turishadi, lekin ular ozdir. Keyin yana 
nido qiladi: «Allohning zikridan tijorat ham, oldi-sotdi ham chalg‘itolmaganlar tursinlar». 
Ular ham turishadi, ular ham ozdirlar. So‘ng yana nido qiladi: “Alloh taologa 
xursandlikda ham, xafalikda ham hamd aytganlar tursinlar”. Ular ham turishadi, ular 
ham kamchilik bo‘ladi. Shundan keyin boshqa odamlar hisob-kitob qilinadi”. 
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “Muso (alayhissalom) Allohdan: “Ey Rabbim, inson qanday 
qilib Senga shukr qila oladi? Uni qo‘ling bilan yaratding, ruhingdan og‘ziga puflading, 
jannatingdan joy berding, farishtalaringni unga sajda qilishga buyurding”, deb so‘radi. 
Alloh taolo: “Ey Muso, odam u narsalar hammasi Mendan ekanini bildi, so‘ngra Menga 
hamd aytdi. Bu aytgan hamdu sanosi yaratgan narsalarimning shukri bo‘ldi”, deb javob 
qildi”. 
690. Qatoda (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “To‘rt 
narsa kimga berilgan bo‘lsa, dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi: zikr qiluvchi til, shukr 
etuvchi qalb, sabrli badan va mo‘mina soliha xotin”.
Aytishlaricha, Dovudning (alayhissalom) duolaridan biri bunday bo‘lgan ekan: “Ey 
Parvardigor, men Sendan to‘rt narsani so‘rayman va to‘rt narsadan panoh tilayman. 
So‘raydiganlarim: zikr qiluvchi til, shukr etuvchi qalb, sabrli badan va dunyoyu 
oxiratimda yordam beradigan soliha xotin. Ammo menga xo‘jayinlik qiladigan 
farzanddan, sochim oqarishni boshlamasdan oq tushiradigan xotindan, menga azob 
beradigan moldan va mening yaxshiligimni yashiradigan, yomonligimni oshkorqiladigan 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin