Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Ilmga amal qilish bobi hadislari



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

Ilmga amal qilish bobi hadislari
678-hadis. Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang. 
679-hadis. Ibn Javziy bu hadisni ham “Al-mavzu’ot”ga kiritgan va uni “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zi emas”, degan. 
680-hadis. Zaif. 
679-hadis. Hasan. Dorimiy rivoyat qilgan. 
680-hadis. Zaif. Dorimiy rivoyat qilgan. 
681-hadis. Hasan. Dorimiy rivoyat qilgan.
 
ELLIK TO‘QQIZINCHI BOB 
ILM AHLI BILAN O‘TIRISHNING FAZILATI
682. Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Abu Voqid Laysiy aytadilarki: 
“Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni sahobalari bilan o‘tirganlarida, uch 
kishi keldi. Ulardan biri davrada bo‘sh joyni ko‘rib, o‘sha yerga o‘tirdi. Ikkinchisi esa, 
odamlarning orqasida o‘tirdi. Uchinchisi (o‘tirmasdan) qaytib ketdi. Payg‘ambar (s.a.v.) 
so‘zlarini tugatganlaridan keyin aytdilar: “Sizlarga bu uch kishi haqida xabar beraymi? 
Birinchisi Allohdan boshpana so‘radi, Alloh unga boshpana berdi. Ikkinchisi odamlarga 
ziyon berishda Allohdan uyaldi, Alloh taolo ham undan uyaldi. Uchinchisi yuz o‘girdi, 
Alloh ham undan yuz o‘girdi”. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
271
Luqmoni Hakim o‘g‘liga shunday nasihat qilganlar: “Ey o‘g‘lim, agar Allohni zikr 
qilayotgan qavmni ko‘rsang, ular bilan birga o‘tir. Chunki olim bo‘lsang, ilmingga foyda 
beradi, ilmsiz bo‘lsang, senga ilm o‘rgatadilar. Shoyad, Alloh taolo ularga rahmatini 
in’om etganida, senga ham bu rahmatdan yetsa. Allohni zikr qilmaydigan qavmni 
ko‘rsang, ular bilan birga o‘tirma. Chunki olim bo‘lsang, ilmingni ko‘paytirmaydi, ilmsiz 
bo‘lsang yo‘l ko‘rsatmaydi. Tag‘in Alloh ularga g‘azab qilganida, senga ham g‘azabidan 
yetib qolmasin”. 
683. Abu Said Xudriy (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: 
“Alloh taoloning yer yuzini kezib yuradigan farishtalari bordir. Agar ular Allohni zikr 
qilayotgan qavmni ko‘rishsa: “Sizlar izlayotganlar bu yerda, bu yoqqa kelinglar”, 
deyishadi. Ular kelishadi va zikr ahlini o‘rab olishadi. Keyin osmonga ko‘tarilishganda, 
Alloh taolo ularga: “Bandalarimni qanday holatda tark qildinglar?” deydi. Holbuki, Uning 
o‘zi yaxshiroq biladi. Farishtalar: “Ularni Senga hamd aytayotgan, Seni nuqsonlardan 
poklayotgan, Seni zikr qilayotgan hollarida tark etdik”, deyishadi. Alloh aytadi: “Ular 
nimani istaydilar?” Maloikalar: “Jannatni”, deb javob berishadi. Alloh azza va jalla: “Ular 
jannatni ko‘rishganmi?” deb so‘raydi. “Yo‘q”, deyishadi. Alloh: “Agar ko‘rganlarida 
qanday talab qilishar edi?” deydi. Farishtalar: “Agar uni ko‘rgan bo‘lganlarida, yanada 
qattiqroq talab qilar edilar”, deb javob qilishadi. So‘ngra Alloh taolo: “Qaysi narsadan 
panoh istaydilar?” deb so‘raydi. Farishtalar: “Do‘zaxdan panoh so‘rashmoqda”, deb 
javob qilishadi. Alloh taolo: “Ular uni ko‘rishganmi?” deydi. Farishtalar: “Yo‘q”, deb 
aytishadi. Alloh: “Agar do‘zaxni ko‘rganlarida, qanday bo‘lardi?” deb so‘raydi. Farishtalar 
aytishadi: “Agar uni ko‘rganlarida, undan qochishlari va qo‘rqishlari qattiqroq bo‘lar edi”. 
So‘ngra Alloh taolo shunday deydi: “Ey farishtalarim, sizlarni guvoh qilib aytamanki, Men 
ularning gunohlarini kechdim”. Farishtalar aytishadi: “Ularning ichida bir xatokor kishi 
bor, u zikr qilish uchun kelmagan, balki ularga ishi tushib kelgan”. Alloh: “Bu qavm 
shunday qavmki, ular bilan birga o‘tirgan kishi baxtsiz bo‘lmaydi”, deydi”. 
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Solih kishi bilan o‘tirmoq mushkni ko‘tarib 
yuruvchi bilan o‘tirmoq kabidir. Senga mushkdan bermagan taqdirda ham, hidi kelib 
turadi. Yomon kishi bilan o‘tirmoq temirchi bilan o‘tirmoq kabi. Kiyimingga o‘t 
tushmaganda ham, tutuni dimog‘ingga urib turadi”. 
Ka’bul Ahbor (rahmatullohi alayh): “Alloh taolo butun mavjudodni yaratmasidan oldin 
ikki kalimani yozib, arshning tagiga yozib qo‘ygan. Ularda nima yozilganini maloikalar 
bilishmaydi, ammo men bilaman”, dedilar. U kishidan: “Ey Abu Ishoq, ularda nima 
yozilgan?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Bittasida, bir kishi solihlarning amalini qilib, keyin 
fojirlar bilan suhbatda bo‘lsa, uning amallarini gunohga aylantiraman va qiyomat kuni 
fojirlar bilan birga tiriltiraman, deb yozilgan. Ikkinchisida, bir kishi barcha yomonlarning 
ishini qilib, keyin yaxshilar va solihlar bilan suhbatdosh bo‘lsa, ularni yaxshi ko‘rsa, 
uning gunohlarini yaxshilikka aylantiraman va qiyomat kuni yaxshilar qatorida 
tiriltiraman, deb bitilgan”. 
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Kim olimning oldiga kelib, u bilan birga o‘tirsa, 
uning ilmini egallashga qodir bo‘lmasa ham, unga yettita yaxshilik bordir: 
Birinchidan, ta’lim oluvchilarning fazilatiga erishadi. 
Ikkinchidan, olim bilan birga o‘tirishda davom etsa, gunoh va xatolardan xoli bo‘ladi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin