www.ziyouz.com kutubxonasi
323
sahobalaridan. O‘shanda odamlar narsalarini ko‘tarib, ko‘chib ketayotganini ko‘rdilar va
“Ularga nima bo‘ldi?” deb so‘radilar. “Ular vabodan qochib ketyapti”, deyishdi. Ibn
Abbos (r.a.) aytdilar: “Ey vabo, meni ol, meni ol”. “Nima uchun o‘limni so‘rab duo
qilyapsiz? Siz Rasulullohning sohibisiz, o‘ziga o‘lim tilashdan qaytarganlarini eshitgansiz-
ku?” deyishdi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) ummatlariga kelishidan
qo‘rqqan olti narsa uchun Allohdan o‘lim so‘rayman”. Biz: “U nima edi?” deb so‘radik.
“Bolalarning boshliq bo‘lishi, shartlarning ko‘payishi, hukmga poraning aralashishi,
qarindoshlarchilikning uzilishi, qon to‘kishning yengil bo‘lishi va bu Qur’onni mazomir
(surnay kuyi) kabi qilib olishlari. Bunda afzal yoki faqih kishini emas, balki faqatgina
Qur’onni kuy qilib o‘qib beradigan kishini oldinga qo‘yadilar”, dedi Ibn Abbos.
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “U kishi ibn Hubayraning eshigi oldidan o‘tayotganlarida
(u kishi boy bo‘lgan), qori kishilardan bir nechalarini ko‘rib, aytibdilar: “Ey qorilar! Nima
deb o‘ylaysizlar? Bu taqvodorlarning majlisidan emas”.
845. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Boylarning qo‘shnisi, amirlarning olimi va
bozorlarning qorisi bo‘lishdan saqlaninglar”.
Zihhok ibn Muzohimdan aytadilar: “Men har kecha to‘shagimda to‘lg‘onib, sultonimni
rozi qiladigan hamda Rabbimni g‘azabini keltirmaydigan kalimani izlayman, lekin
topolmayman”.
Zikr qilinishicha, Iso ibn Muso Amir ibn Shubrimaga uchrab qoldi. Unga Amir: “Nimaga
biznikiga kelmaysan?” dedi. Iso aytdi: “Siznikiga borib nima qilaman? Agar
yaqinlashsangiz, meni fitnaga solasiz, agar uzoqlashtirsangiz, aziyat berasiz. Sizda men
qo‘rqadigan va menda siz umid qiladigan narsa yo‘q”.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Podshohlarning eshigiga borishdan saqlaninglar. Ularning
dunyosidan sizlarga biron narsa yetmaydi, lekin undan afzal bo‘lgan oxiratlaringizni ular
barbod etadilar”.
Oldingi olimlarning biri aytadi: “Podshohning oldiga kirishingiz sizni uch narsaga
chaqiradi: ularni rizoligini ustun qo‘yishga, ularning dunyosini ulug‘lashga, yomon
amallarini poklashga. Agar o‘shalarni qilsangiz, aniq halok bo‘lasiz. La-a havla va la-a
quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘azim”.
_________________