Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə360/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
326
Alloh taolo ham aytadi: “Bandamga uning jonini olgunimcha yoki shifo bergunimcha 
sog‘ligida qilgan amallari kabi(ajr) yozinglar”. 
857. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kim kasal ko‘rgani borsa, u rahmat hovuzida 
suzadi. Agar kasalning oldida o‘tirsa, uning ichiga cho‘kadi”. 
858. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim kasalni ziyorat 
qilsa, go‘yoki Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutgandekdir. Bir kuni yetti yuz kunga teng”. 
Rivoyat qilinishicha, bir kishi Ummu Dardoning oldida keldi va qalbining qattiqligidan 
shikoyat qildi. Aytdilar: “Uning eng katta davosi kasallarni borib ko‘rish, janozaga 
qatnashish va qabristonga chiqib turish”. U keyin shunday qildi va ichida bir 
xursandchilik tuydi, so‘ng uning oldiga kelib: “Sizni Alloh mukofotlasin”, dedi. 
________________ 
Kasallik va kasalni ko‘rishlik fazilati bobi hadislari
846-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Molik, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
847-hadis. Muttafaqun alayh. 
848-hadis. Doruqutniy uni zaif sanagan. 
849-hadis. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
850-hadis. Uqayliy, Doruqutniy rivoyat qilgan. 
851-hadis. Botil. Xatib, Ibn Javziy rivoyat qilgan. 
852-hadis. Daylamiy rivoyat qilgan. 
853-hadis. Juda zaif. Tabaroniy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 
854-hadis. Zaif. Ibn Abud Dunyo, Ibn Asokir rivoyat qilgan. 
855-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. “As-sahiha”ga qarang. 
856-hadis. Munzariy rivoyat qilgan. 
857-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 
858-hadis. Izohi keltirilmagan. 
 
YETMISH SAKKIZINCHI BOB 
NAFL NAMOZLARINING FAZILATI
859. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: ”Hasan Basriy (r.a.) 
Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilarki: “Namoz o‘qiydigan kishi uchun uch xislat 
bordir: farishtalar uning oyog‘idan to osmonning oxirigacha o‘rab oladilar; unga
osmonning oxiridan boshidagi farqiga qadar yaxshilik tushadi; farishta: “Agar bu 
namozxon kim bilan suhbatlashayotganini bilganida, namozini tugatmas edi”, deb nido 
qiladi. 
860. Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) qo‘shin jo‘natdilar. Qo‘shin 
g‘animga tezlikda hujum qilib, katta o‘ljani qo‘lga kiritdi. Shunda: “Ey Rasululloh
sizning qo‘shiningizdek tezkor hujum qilib, katta o‘ljani qo‘lga kiritgan qo‘shinni 
ko‘rmaganmiz”, deyishdi. Nabiy (s.a.v.): “Sizlarga tezkor hujum qilib, katta o‘ljalar 
oladigan qo‘shinimdan ham yaxshi bo‘lganlarning xabarini beraymi?” dedilar. “Ha, 
ayting, ey Allohning elchisi!” deyishdi. Aytdilar: “Bir qavmki, bomdodni o‘qiydi. Keyin 
joylarida o‘tirib, Alohni zikr qiladi. Quyosh chiqqandan so‘ng ikki rak’at namoz o‘qiydi. 
Keyin ahllarining oldiga qaytadi. Ana o‘shalar tez hujum qilib, katta o‘ljalar 
oladiganlardir”. 
861. Abu Zarrdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Odam bolasi 
tanasining har bir bo‘g‘ini uchun har kuni sadaqa qilishi shart. Yaxshi ishga chaqirishing 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin