Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə375/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
341
ko‘rishmasa ham, iymon keltirib, Alloh amriga ergashishadi. So‘ngra (odamlarning 
yaxshisi) ulardan keyingi asrdagilar. Ular ham menga iymon keltirishadi. 
So‘ng ulardan keyin shunday kishilar kelishadiki, ular namozlarini zoe’ qiladilar, 
shahvatlarga ergashadilar, buyurgan narsalarimni tashlab, undan qaytarganlarimni 
qiladilar, dinning nafslariga yoqqan tomoninigina oladilar, odamlar orasida amallari bilan 
riyo qiladilar, so‘ralmasa-da, qasam ichadilar, guvohlik so‘ralmasdan guvohlik beradilar
omonat berilsa, xiyonat qiladilar, omonatni ado etmaydilar, gapirganlarida yolg‘on 
gapiradilar, qilmaydigan narsalarini aytadilar, ulardan ilm va hilm ko‘tariladi, ularda 
johillik va buzuq ishlar zohir bo‘ladi, ulardan hayo va omonatdorlik ko‘tariladi, ularda 
hiyonat va yolg‘onchilik, ota-onaga oq bo‘lish, qarindoshchilikni uzish, uzun-uzun 
orzular, baxillik, dunyoga hirs, ochko‘zlik, hasad, zulm, yomon xulq, yomon 
qo‘shnichilik ko‘payib yoyiladi. Ular dindan kamondan o‘q chiqqanidek chiqib ketadilar, 
qiyomat faqat odamlarning yomonlari qolganda qoim bo‘ladi. Agar sizlarni jannat 
kengligida va ne’matlarida turish xursand qilsa, sunnat va jamoatni mahkam tutinglar. 
Ishlarning yangilaridan saqlaninglar. Chunki har bir yangi narsa bid’atdir va har bir 
bid’at zalolatdir. Albatta, Alloh taolo hech qachon Muhammadning ummatini zalolat 
ustiga birlashtirmaydi. Bas, kim toat ipini yechsa, jamoatdan ajralsa, Alloh amrlarini zoe’ 
qilsa va Alloh hukmlariga xilof bo‘lsa, g‘azab qilingan holda Allohga yo‘liqadi va Alloh uni 
do‘zaxga kirgizadi”. 
907. Arboz ibn Soriya Salamiy (r.a.) aytadilar: “Bizlarga Rasululloh (s.a.v.) ta’sirchan bir 
xutba qildilar. Uning sababidan ko‘zlar yoshga to‘ldi, qalblar eridi. Sahobalardan bir 
kishi: “Ey Allohning elchisi, bu vidolashuv mav’izasi bo‘ldi. Bizlarni nimaga buyurasiz?” 
deb aytdi. Nabiy: “Allohga taqvo qilishga, eshitish va toatga buyuraman. Chunki 
mendan keyin ko‘p ixtiloflarni ko‘rasizlar. Ishlarning yangilaridan saqlaninglar. Chunki u 
adashishdir. Kim o‘sha vaqtga yetsa, mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘ldagi 
xalifalarimning yo‘lini mahkam tutsin. Ularni oziq tishlaringiz bilan tishlanglar”, dedilar. 
908. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim halol 
yesa, sunnatga amal qilsa, odamlar uni yomonligidan omon bo‘lsalar, jannatga kiradi”. 
“Ey Alohning elchisi, bunday kishilar odamlar orasida ko‘p-ku?” deyishdi. Aytdilar: 
“Mendan keyingi asrlarda ular kamayadi”. 
909. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) menga bir chiziq chizdilar 
va bu Allohning yo‘lidir”, dedilar. So‘ng uning o‘ng va chapiga qaratib, bir necha chiziq 
chizdilar. Aytdilarki: “Bu yo‘llarning ustida shayton bor va o‘zining yo‘liga chaqiradi”. 
So‘ng ushbu oyatni o‘qidilar: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin