Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə374/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

 
SAKSON IKKINCHI BOB 
SUNNATGA AMAL QILISH
900. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Molik aytdilar: Menga 
Payg‘ambarning (s.a.v.): “Sizlarga ikki narsani qoldirdim. U ikkovini ushlasanglar, hech 
qachon adashmaysizlar. Ular Allohning kitobi va mening sunnatimdir”, deganlarini aytib 
berishdi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
340
901. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Sunnatda ozgina amal qilish, bid’atda ko‘p amal 
qilishdan yaxshi. Har bir bid’at adashish va har bir adashish do‘zaxdir”. 
902. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Sunnatda iqtisod qilish, bid’atda ijtihod 
qilishdan yaxshidir”. 
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “So‘z amal bilan durust bo‘ladi. Amal va so‘z niyat bilan 
durust bo‘ladi. So‘z, amal va niyat sunnat bilan durust bo‘ladi. 
903. Ma’aqqal ibn Yasor (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ikki kishiga 
mening shafoatim yetmaydi. (Boshqa rivoyatda: “Ummatimdan ikki toifaga”, deyilgan). 
Zolim boshliqqa va din ishida chuqur ketuvchiga, (ya’ni dinda chuqur ketib, sunnat va 
jamoat yo‘lidan chiqqan kishiga). 
Ubay ibn Ka’b (r.a.) aytadilar: “Alloh kitobi va sunnatni mahkam tutinglar. Qaysi banda 
Qur’on va hadis yo‘lida Allohni zikr qilib, Allohdan qo‘rqqanidan ko‘zi yoshlansa, unga 
hech qachon do‘zax o‘ti tegmaydi. Qaysi banda Alloh va sunnat yo‘lida bo‘lsa, Rahmonni 
eslab, ko‘ziga yosh kelsa va terilari qaltirasa, bu hol daraxtning yaproqlari qurib, 
shamol uning yaproqlarini to‘kishiga o‘xshaydi. Albatta, Kitob va sunnat yo‘lida iqtisod 
Qur’on va sunnat xilofida ijtihod qilishdan yaxshidir. Amallaringiz hoh iqtisod, hoh ijtihod 
bo‘lsin, payg‘ambarlar sunnatlari va yo‘llariga muvofiq bo‘lishiga e’tibor beringlar. 
904. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Bani Isroil yetmish bitta firqaga ajralib ketdi va 
mana bu ummat yaqinda yetmish ikki firqaga ajraladi. Yetmish bittasi do‘zaxda va 
bittasi jannatdadir”. “Ey Rasululloh, bu bittasi kimlar?” deb so‘radilar. Aytdilar: “ Ahli 
sunna va jamoa”. 
905. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana aytadilar: “Fasod paytida sunnatimni mahkam 
ushlaydigan ummatlarimning ajri yuzta shahidning ajri kabidir”. 
Aytishlaricha, Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) bunday deganlar: “Sizlarni kattalarni 
qaritadigan, kichiklarni katta qiladilan fitna qamrab olsa, odamlar ularga aldansalar, uni 
sunnat qilib olsalar, keyin o‘zgartirsalar va boshqasiga amal qilinsa, bu munkar ish, deb 
aytilsa, nima qilasizlar?” Bir kishi so‘radi: “Ey Abu Abdurahmon, bu qachon bo‘ladi?” 
“Agar ishonchlaringiz kamaysa, boshliqlaringiz ko‘paysa, faqihlaringiz kamaysa, 
qorilaringiz ko‘paysa, oxirat amali bilan dunyo qo‘lga kiritilsa, dindan boshqa narsani 
yaxshi tushunsalar, ana shu vaqtda ustlaringizda bir boshliqlar bo‘ladiki, agar ularga 
itoat qilsanglar adashasizlar, agar osiylik qilsanglar, sizlarni o‘ldiradilar”, dedilar Ibn 
Ma’sud. “Bizlarga nima buyurasiz, ey Abu Abdurahmon?” deb so‘rashdi. “Uyingda o‘tirib 
amal qil, unday qilmasang, olov yaxshidir”, dedilar. 
906. Faqih rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: “Bizlarga 
Payg‘ambar (s.a.v.) xutba qilib dedilar: “Ey odamlar, sahobalarimni hurmat etinglar, 
ularga yaxshilik qilinglar, ularni yaxshi ko‘ringlar. Chunki odamlarning yaxshisi 
sahobalarimdir. Men ularga (payg‘ambar qilib) yuborilganimda, ular Allohga iymon 
keltirib, meni tasdiqlashdi, Allohdan nima hukm keltirgan bo‘lsam, hammasiga iymon 
keltirishdi va ularga amal qilishdi. 
So‘ngra ulardan keyingi odamlarning yaxshisi ulardan keyingi asrdagilar. Ular meni 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin