Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
338
Rabbim bilan ko‘rishishga mushtoqman. E voh, ummatimga firoq. Mendan keyin nimalar
deydilar, Allohim,
salomat qil, salomat qil. Ey odamlar, Alloh taolo sizlarga tushirgan
hukmlarida nima halol va nima harom, nimalar qilishlaringiz, nimalardan
saqlanishingizni bayon qilib berdi. Uning halol narsalarini halol denglar, xarom qilganini
harom denglar. Mutashobih
oyatlariga iymon keltiringlar, muhkam, ya’ni, ochiq-ravshan
oyatlarini qattiq ushlanglar. Misollardan ibratlaninglar”.
Keyin boshlarini osmonga ko‘tarib: “Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Guvoh bo‘lgin”,
dedilar. So‘ng yana so‘zlarini davom etdilar: “Ey odamlar, Alloh taolodan uzoq,
xorlangan, adashgan, jannatdan uzoq, do‘zaxga yaqin bo‘lgan nafsi havodan
saqlaninglar. Jamoat va istiqomat qilishni(to‘g‘ri yo‘lda yurishni) mahkam tutinglar.
Chunki
u Allohga, jannatga yaqin va do‘zaxdan uzoqdir... Ey Parvardigor, yetkazdimmi?
Ey odamlar, dinlaringda va omonatlaringda Allohni unutmanglar, qo‘llaring ostidagilaring
borasida ham Allohni yoddan chiqarmanglar. Yegan narsalaringdan ularga ham
yediringlar va kiygan narsalaringdan kiydiringlar. Ularni toqati yetmaydigan ishlarga
buyurmanglar. Chunki ular ham go‘sht, qon va xulqda sizga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglar,
kim
ularga zulm qilsa, qiyomat kuni men unga xusumat qilaman. Alloh ularning
hokimidir. Xotinlaringiz xususida ham ehtiyotkor bo‘linglar. Mahrlariga vafo qilinglar.
Ularga zulm qilmanglar. (Zulm qilsanglar) qiyomat kuni yaxshiliklaringdan mahrum
etadi.... Yetkazdimmi?
Ey odamlar, o‘zlaringni va ahllaringni do‘zaxdan saqlanglar. Ularga ilm va odob
beringlar. Chunki ular sizlarga yordam beruvchi va omonatdirlar... Yetkazdimmi?
Ey odamlar, ishlaringizdagi boshliqlarga itoat qilinglar, ularga osiy bo‘lmanglar. Agar-chi
u biror a’zosi kesilgan habash qul bo‘lsa ham.
Chunki kim ularga itoat qilsa, menga itoat
qilibdi. Kim menga itoat qilsa, Allohga itoat qilibdi. Kim ularga isyon qilsa, menga isyon
qilibdi. Kim menga isyon qilsa, Allohga osiy bo‘libdi. Ogoh bo‘linglar,
ularga qarshi
chiqmanglar. Ularning ahdlarini buzmanglar.... Yetkazdimmi?
Ey odamlar, mening ahlimni yaxshi ko‘ringlar, Qur’onni ko‘targanlarni yaxshi ko‘ringlar,
olimlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Ularga hasad etmanglar, g‘azab qilmanglar, ta’na toshi
otmanglar. Ogoh bo‘linglar, kim ularni yaxshi ko‘rsa, meni yaxshi ko‘ribdi. Kim meni
yaxshi ko‘rsa, Allohni yaxshi ko‘ribdi. Kim ularga g‘azab qilsa, menga g‘azab qilibdi. Kim
menga g‘azab qilsa, Allohga g‘azab qilibdi... Yetkazdimmi?
Ey odamlar, besh vaqt namozni tahoratini chiroyli olib, ruku’
va sajdalarini maromiga
yetkazib o‘qinglar. Ey odamlar, mollaringizning zakotlarini ado qilinglar. Ogoh bo‘linglar!
Kim zakotni ado etmasa, uning uchun namoz yo‘qdir. Ogoh bo‘linglar! Kimda namoz
bo‘lmasa, unda din, ro‘za, haj va jihod ham yo‘q. Ey Parvardigor, yetkazdimmi?
Ey odamlar! Kim yo‘lga qodir bo‘lsa, o‘sha kishiga Alloh taolo hajni farz qildi. Kim haj
qilmasa, xohlagan holatida, yahudiy bo‘libmi, nasroniy yo majusiy bo‘libmi, o‘lsin.
Faqat
bir kasallik bilan og‘rigan yoki zolim podshoh uni man’ qilgani tufayli (haj qilolmasa) u
uzrlidir. Ogoh bo‘linglar, qodir bo‘la turib, haj qilmaganlar uchun shafoatim yo‘q va
havzimga yetolmaydi. Yetkazdimmi?
Ey odamlar! Alloh taolo sizlarni qiyomat kuni bitta katta tepalikda jam qiladi. U kun og‘ir
kundir.