www.ziyouz.com kutubxonasi
336
hamma musulmonlarga rahm et. Bizlarni rizqlanganlarning yaxshilaridan qil.
Payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solihlardan bo‘lgan bandalaring bilan birga ayla.
Ana o‘shalar chiroyli rafiqlardir. Birohmatika ya arhamar rohimiyn”.
Aytishlaricha, kim ushbu besh kalima bilan har namozning orqasidan duo qilsa, evaz
oluvchilardan deb yoziladi: “Allohummaslih ummata Muhammad, Allohummarham
ummata Muhammad. Allohumma farrij ‘an ummati Muhammad. Allohummag‘fir
liummati Muhammad va lijami’i man amana bika”.
892. Abbon Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar. “Hajjoj ibn Yusuf u zotga g‘azab
qilib: “Agar Abdulmalik ibn Marvonning yozgani bo‘lmaganda seni shunday-shunday
qilardim”, dedi. Anas aytdilar: “Bunday qilishga qodir bo‘lmaysan”. Hajjoj: “Menga kim
mone’ bo‘ladi”, deb so‘radi. Anas: “Payg‘ambar (s.a.v.) menga o‘rgatgan duo, uni har
kuni ertalab va kechqurun o‘qiyman”, dedilar. Hajjoj aytdi: “Uni menga o‘rgat”. Anas
ibn Molik (r.a.) bosh tortdilar. U majburlamoqchi bo‘ldi. U zot baribir aytmadi”. Abbon
aytadi: “Bu duoni Anas kasal bo‘lganlarida so‘radim”. U zot aytdilarki: “Uch marta
bismillahi ‘ala nafsiy va diniy, bismillahi ‘ala ahliy va maliy va valadiy. Bismillahi ‘ala kulli
ma a’toniy robbiy, Alloh, Alloh, Allohu robbiy la-a ushriku bihi shay`an, Alloh, Alloh,
Allohu robbiy la ushriku bihi shay`an. Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar va
a’azzu ajallu mimma axofu va uhaziru. Allohumma inniy a’uzi bika min sharri nafsiy va
min sharri kulli shaytonir rojiym va min sharri kulli jabbarin ‘aniyd, ‘azza jaruka va jalla
sanauka va la-a ilaha g‘ayruka”. Keyin ushbu oyatni o‘qidilar:
“Ana endi ham yuz o‘girsalar, u holda ayting: Menga Allohning o‘zi yetarlidir! Hech qanday iloh yo‘q, faqat uning o‘zi bordir! (Men uning) o‘ziga suyandim. U zot ulug‘ arsh sohibidir” (Tavba, 129-oyat).
_________________