VII BOB. ALLOHNING RAHMATIDAN UMID QILISH 73. Faqih aytadi: Abu Hurayra deydi: “Rasulullohdan (s.a.v.) eshitdim: “Alloh taolo
rahmatini yuz qism qildi. O‘ziga 99 tasini olib qolib, bittasini yer yuziga tushirdi.
Yaralganlar bir-birlariga rahm qilishlari uchun. Hattoki ot tuyoqlari bolasiga tegib
ketishidan qo‘rqib, tuyog‘ini ko‘tarib yurishi shundan”.
Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taoloda yuzta rahmat bor, dunyo
ahliga shulardan bittasini tushirgay. Ularni insoniyat umriga tarqatib yuborgay. Alloh
taolo qiyomat kunida o‘sha rahmatni olib qo‘yib, 99 taga qo‘shib, yuzta qilib, o‘zining
avliyolari uchun, ahli toatlar uchun mukammal aylagay”.
74. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam bayon qildilar: “Alloh mo‘minlar uchun
hozirlagan rahmatini Allohga hamd aytmoqlari uchun, ularni o‘z rahmatidan ikromli qilib
qo‘yganiga Allohga shukr etmoqliklari va solih amallar qilmoqliklari uchun tayyorlab
qo‘ydi. Chunki kim Allohning rahmatidan umid etsa, u yaxshi amal qiladi va o‘sha
rahmatga erishishga harakat qiladi. Chunki Alloh taolo aytdi:
“Alloh rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir” (A’rof, 56).
Yana:
“Bas, kimiki Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin” (Kahf, 110).
Yana:
“Rahmatim – mehribonligim esa hamma narsadan kengdir” (A’rof, 156), ya’ni har
narsa uchun Allohning rahmatidan nasiba bor.
Ibn Abbos, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, aytadi: “Vaqtiki bu
“Mening rahmatim hamma narsadan kengdir” oyati nozil bo‘lganida iblis alayhil la’na g‘ururlandi va
aytdi: “Men ham Allohning rahmatidan nasibadorman”. Yahudlar va nasorolar ham
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
47
g‘ururlandilar, aytdilar: “Bizlar yaratilgan maxluqlarning bittasimiz. Bizga Alloh
rahmatidan nasiba bor”.
Keyin Alloh taolo bu oyatni tushirdi: