www.ziyouz.com kutubxonasi
13
ham shu tarzda davom et, keyin kelsang, senga ilmning g‘aroyiblarini o‘rgataman”,
dedilar. Bir necha yildan so‘ng Payg‘ambarimizning oldilariga kelgach, unga: “Qo‘lingni
qalbingga qo‘y, o‘z nafsing uchun rozi bo‘lmagan narsani musulmon birodaring uchun
ham rozi bo‘lma, o‘zingga ravo ko‘rgan narsani musulmon birodaringga ravo ko‘rgin,
mana shu ilmning g‘aroyiblaridandir”, dedilar”.
Payg‘ambar (s.a.v.) o‘limga tayyorgarlik ko‘rish ilmning avvalidan ekanligini bayon
qildilar, o‘lim bilan mashg‘ul bo‘lmoqlik avlodir.
21. Abdulloh ibn Musovvar Hoshimiy rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) ushbu oyatni
o‘qidilar:
“Alloh kimni hidoyat qilmoqni istasa, uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib qo‘yar. Kimniki adashtirmoqni istasa, uning ko‘nglini xuddi osmonga ko‘tarilib ketayotgandek, tor va tang qilib qo‘yar” (An’om, 125).
So‘ng: “Agar Islom nuri qalbga qancha kirib o‘rnashsa, uni tinchlantiradi,
yorqinlashtiradi”, dedilar. “Mana shu narsalarning alomati, belgisi bormi?” deb so‘rashdi.
Shunda: “Ha, g‘ururlanishlikdan uzoq bo‘lish, abadiy hayotga olib boradigan narsalardan
xabardor bo‘lish, o‘lim vaqti-soati kelishidan oldin o‘lim uchun hozirlik ko‘rishdir”,
dedilar”.
22. Maymun ibn Mihrondan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz bir kishiga va’z aytar edilar.
“Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil, qariligingdan oldin yigitligingni, bir ish
bilan shug‘ullanib qolishingdan oldin bo‘sh vaqtingni, faqirligingdan oldin boyligingni,
o‘limingdan oldin tirikligingni, kasal bo‘lmasingdan oldin sog‘lomligingni g‘animat bilgin”.
Payg‘ambar (s.a.v.) shu besh narsada ko‘p ilmlarni jam qilganlar. Chunki navqiron yigit
holatida har xil ishlarga qodir bo‘lgan kishi qarigan vaqtda o‘sha ishlarga qodir
bo‘lmaydi. Chunki yigit agar ma’siyat – gunoh qilish bilan yoshligini o‘tkazishga ko‘niksa,
u qarigan vaqtida gunohlardan tiyilishga qodir bo‘lmaydi, shuning uchun yigit kishi
qariganda yaxshi amallar qilmog‘i oson, yengil bo‘lishi uchun u yoshlik – navqironlik
davrida yaxshi amallarni qilishga ko‘nikmog‘i lozimdir.
“Betobligingdann oldin sog‘ligingni”, degan gapllari ma’nosi shuki, sog‘ inson moli va joni
uchun ish qila oladi. Sog‘lom kishi o‘z solg‘ligini g‘animat bilishi va o‘z molida, o‘z jismida
solih amal qilmoqligi kerak. Chunki agar kasal bo‘lsa, badani ibodat qilishdan ojiz qoladi
va uning qo‘li o‘z molidan qisqa bo‘ladi, hamda uning vasiyati molining uchdan bir
miqdoriga o‘tadi.
“Bir ish bilan mashg‘ul bo‘lishdan avval bo‘sh vaqtingni g‘animat bil”, degan gaplarining
ma’nosi shuki, kechasi bo‘sh va kunduzi ish bilan band bo‘lishlikdir. Kishi kechasi bo‘sh
vaqtlarida namoz o‘qimoqligi va kunduzi ish vaqtida ro‘za tutmoqligi kerak, ayniqsa, qish
davrlarida.
23. Payg‘ambarimizdan rivoyat qilinganidek: “Qish mo‘minga g‘animatdir, uning
kechalari uzun bo‘ladi, unda namoz o‘qiydi. Kunduzlari qisqa bo‘ladi, ro‘za tutadi”
24. Va boshqa rivoyatda: “Tun uzundir. Uxlashing bilan uni qisqa qilmagin. Kunduz
qisqadir. Gunohlaring bilan uni og‘ir qilib qo‘ymagin” deyiladi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy