Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
Hakim aytadiki: “Oqil inson uch narsani hech esdan chiqarmasin. Dunyoning 
o‘tkinchiligini, undan qachondir ajralishini va o‘limning shunday ofatlariniki, undan hech 
bir kishi omonda qolmagay”. 
Hotamul Asam aytadiki: “To‘rt narsaning qadrini to‘rt kishi bilgay: yoshlikning qadrini 
yoshi o‘tib qolganlar, tinchlik-xotirjamlik qadrini boshiga balo tushganlar biladi. Sog‘lik-
salomatlik qadrini kasal bo‘lib, hech narsaga yaramay qolganlar, tiriklik qadrini o‘tganlar 
biladi”. 
Shu so‘zlar yuqorida aytilgan: “Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil” degan 
gapga muvofiq keladi. 
Amr ibn Osning o‘g‘li Abdullohdan rivoyat qilinadi: Otam: “Men o‘lim to‘shagida yotgan 
kishidan ajablanaman, uning aqlu hushi, tili joyida bo‘lsa, endi qanday qilib o‘limni 
sifatlab bera olmaydi”, der edi. So‘ng vaqti kelib, o‘zi ham o‘lim to‘shagida yotdi, uning 
aqlu hushi, tili joyida edi. Shunda otamga: “Ey ota! Siz o‘layotgan kishi aqlu hushi, tili 
bo‘la turib, o‘limni sifatlab bermasligiga ajablanaman”, der edingiz”, dedim. Shunda u: 
“Ey o‘g‘lim, o‘lim sifatlab berishlikdan kattaroq narsa ekan. Lekin senga o‘limdan ba’zi 
narsalarni sifatlab beraman. Allohga qasamki, go‘yo yelkamda Rizvo va Tuhoma tog‘i 
turgandek. Go‘yo mening ruhim igna teshigidan chiqayotgandek, go‘yo mening ichim 
tikanlar bilan to‘lgandek. Go‘yoki osmon yer ustiga yopilganu men ularning orasida qolib 
ketgandekman”. So‘ng shunday dedi: “Ey o‘lim, mening holatim uch ko‘rinishda o‘tdi. 
Avvalida Muhammadni (s.a.v.) o‘ldirish uchun insonlarning eng horisrog‘i bo‘ldim. Ey 
voh, ne ko‘rgilik bo‘lardi agar o‘sha vaqtda o‘lib ketsam, keyin Alloh meni Islomga 
hidoyat qildi va Muhammad (s.a.v.) men uchun odamlarning eng yaxshisiga aylandi, 
meni askarlarga boshliq qildi. Koshki men ana o‘sha vaqtda o‘lsam edi. Rasulullohning 
(s.a.v.) duolari menga yetgan bo‘lardi. Shundan so‘ng dunyo ishlari bilan shug‘ullanib, 
ovora bo‘lib ketdik, endi Allohning huzurida holim ne bo‘ladi, bilmayman”. O‘g‘li uning 
huzurida jon taslim qilguncha turdi. 
Shaqiq ibn Ibrohim aytadi: “Insonlar o‘z so‘zlarida to‘rt narsada men bilan muvofiq 
bo‘ldilar. Menga amallarida o‘sha to‘rtta narsada xilof bo‘ldilar. Birinchisi, biz Alloh 
taoloning qulimiz, bandasimiz, deydilar, ammo hurlarning ishlarini qiladilar. Ikkinchisi
Alloh bizning rizqimiz uchun kafildir, deydilar, lekin ularning qalblari hech tinchlanmaydi, 
magar shu dunyodan biror narsa topishi bilan taskin topadi. Uchinchisi, oxirat bu 
dunyodan yaxshiroq, deydilar, ammo faqat shu dunyolari uchun mol-dunyo to‘playdilar. 
Hammamiz uchun o‘lim bor, deydilar, biroq xuddi o‘lmaydigan qavmning ishlarini 
qiladilar”. 
Abu Zarrdan rivoyat qilinadi: “Uch narsa meni ajablantirib, oxiri kuldiradi va yana uch 
narsa meni g‘amgin qilib, oxiri yig‘latadi. Meni kuldiradigan uchtadan birinchisi, o‘lay deb 
turib, dunyoni orzu-havas qilguvchi kishidir, ya’ni orzu qilishda chuqur ketadi va o‘limni 
hech o‘ylamaydi. Ikkinchisi, o‘limning ichida turib g‘aflatda bo‘lguvchi kishidir, ya’ni 
o‘limdan g‘aflatda bo‘ladi, ko‘z oldida qiyomat bo‘lsa ham. Uchinchisi, Alloh taolo undan 
g‘azabdami yoki rozimi bilmasdan turib, xoxolab kuluvchi kishidir. Yig‘latadigan 
narsalar: eng yaxshi ko‘rganidan ayrilish, ya’ni Muhammadning (s.a.v.) va 
sahobalarining bu dunyodan o‘tib ketganligi. Ikkinchisi, ko‘tarishlikning dahshati, ya’ni 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin