Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda mo‘minlardan



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda mo‘minlardan 
ajralinglar!”
degan oyati karimasiga binoan fikr qilyapman. Shunda firqalarning qaysi 
birida bo‘laman, bilmayman”. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
17
Faqih Samarqandiy aytadi: Alloh taolo fahm-farosat bergani, g‘aflat uyqusidan 
uyg‘otgani, bu dunyodan o‘tib, oxiratini o‘ylaydigan qilib qo‘ygani naqadar yaxshidir va 
biz Alloh taolodan umrimizning yakunini yaxshilik qilishligini va hayotimizning oxiri 
xursandchilik bo‘lishini so‘raymiz. Albatta, mo‘min kishi uchun uning o‘limi vaqtida Alloh 
taoloning bashorati bordir: 
“Albatta, “Parvardigorimiz – Allohdir”, deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat 
qilishda) to‘g‘ri – ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) 
farishtalar tushib (derlar): “Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga 
va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar” 
(Fussilat, 30). 
Ya’ni, Allohga va rasuliga imon keltirib, shu imonlarida sobit turgan, ya’ni Allohning 
farzlarini ado etgan va Uning harom qilganlaridan qaytgan kishilarning oldilariga 
maloikalar tushadi, o‘layotgan vaqtlarida ularga jannatning bashorati – xushxabarini 
beradi. “Qo‘rqmanglar va g‘amgin ham bo‘lmanglar”, ya’ni maloikalar ularga dunyo 
ishlarida sizlar boshlaringizdan o‘tkazib turgan narsadan qo‘rqmanglar, deydilar. 
“Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan xursand bo‘linglar!”. Ya’ni, bu jannat 
sizlarga Alloh taoloning payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) tili bilan va’da qilingan 
jannatdir. 
Yana aytiladiki, o‘lim vaqtidagi bashorat besh ko‘rinishda bo‘ladi: 
1) mo‘minlar ommasi uchun beriladigan bashorat. Ularga: “qo‘rqmanglar, sizlar azobda 
abadiy qolmaysizlar. Sizlarni payg‘ambarlar va solihlar shafoat qiladilar. Savob amallar 
yo‘qligiga g‘amgin bo‘lmanglar, jannatga qaytarilishingiz bilan xursand bo‘linglar”, 
deyiladi. 
2) solih amal qilganlar uchun. Ularga: “Amallaringiz rad qilinishidan qo‘rqmanglar, 
amallaringiz qabul qilingandir. Savobingiz kamligidan g‘amgin bo‘lmanglar, sizlarning 
savoblaringiz ko‘paytirilgandir va tavba qilganingizdan so‘ng qilgan amallar uchun ham 
g‘amgin bo‘lmanglar”, deyiladi. 
3) tavba qiluvchilar uchun. Ularga: “Gunohlaringizdan qo‘rqmanglar. Ular kechirilgandir. 
Tavbadan keyin savobli amallar bo‘lmaganiga g‘amgin bo‘lmanglar. Tavbadan oldin ko‘p 
gunohlar qilib, yaxshi amallar qilmadik, deb xafa bo‘lmanglar. Men tavbalaringizni qabul 
qildim, yomonliklaringizni yaxshilikka aylantirgayman”, deyiladi
4) zohidlar uchun. Ularga: “Qiyomat kuni qayta tirilib bir joyga jamlanishdan, hisob-
kitobdan qo‘rqmanglar, zaiflik nuqsonlari bo‘lgan narsaga g‘am chekmanglar, hisob-
kitobsiz, azobsiz jannat bilan xursand bo‘linglar”, deyiladi; 
5) odamlarga yaxshilikni o‘rgatgan va ilmiga amal qilgan ulamolar uchun. Ularga: 
“Qiyomat kunida bo‘ladigan dahshatlardan qo‘rqmanglar, g‘amgin ham bo‘lmanglar, 
chunki Alloh sizlarni qilgan amallaringiz evaziga mukofotlaydi. Sizlar va sizlarga 
ergashganlar jannatda bo‘lishligi bilan xursand bo‘linglar”, deyiladi. 
Endi kimningki umri oxiri bashorat bilan bo‘lsa, unga naqadar yaxshidir. O‘z amallarida 
mo‘min bo‘lgan kishilar uchun, albatta bashorat bo‘ladi va maloikalar uning oldiga 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin