Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


III BOB. QABR AZOBI VA UNING QATTIQLIGI



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

 
III BOB. QABR AZOBI VA UNING QATTIQLIGI
32. Barro’ ibn Ozib rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan birga ansorlardan bir 
kishining janozasiga chiqib, qabristonga yetdik. Hali qabr kavlanib bo‘lmagan edi. 
Payg‘ambar (s.a.v.) o‘tirdilar. Biz ham u kishining oldilarida boshimizda qush turgandek 
o‘tirdik. U kishining qo‘llarida yer kavlaydigan cho‘p bor edi. So‘ngra boshlarini ko‘tarib: 
“Alloh taoloning qabrda beradigan azobidan panoh tilanglar”, deb ikki yoki uch marta 
aytdilar. Keyin: “Mo‘min banda agar oxiratga yuzlanib bu dunyodan ketayotgan bo‘lsa, 
uning oldiga yuzlari xuddi quyoshdek nurli, oppoq farishtalar tushadi. Ularning qo‘llarida 
jannatdan kafan va jannat atirlaridan xushbo‘y atir bo‘ladi. Ular ko‘z ko‘radigan joygacha 
o‘tiradilar, so‘ng o‘lim farishtasi keladi va u mayyitning oldida o‘tiradi. So‘ngra: “Ey 
xotirjam nafs, Allohning mag‘firatiga va roziligiga chiqqin”, deydi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
So‘ngra ruh chiqib, idishning og‘zidan tomchi tomgandek oqadi. Uni tezlik bilan olib, 
xushbo‘y atirlik kafanga o‘raydilar. Undan yer yuzidagi barcha mushkning anqishidek is 
taraladi. So‘ngra uni olib osmonga ko‘tariladilar. Ular maloikalar to‘dasi oldidan o‘tgan 
vaqtlarida so‘rashadi: “Bu qanday yaxshi ruh?” Javob berishar ekanki: “Bu falonchining 
o‘g‘li falonchidir. U dunyoda yaxshi, solih kishi edi”, deb yaxshi ismlar bilan atashadi. 
So‘ng dunyo osmoni darvozasida to‘xtaydilar. Bu ruhga eshikni ochishni so‘raydilar, uni 
tanishtirib ketishadi va oxirgi yettinchi osmonga yetishadi. Alloh taolo buyuradi: “Uning 
kitobini illiyinda yozinglar va uni yerga qaytaringlar. Ularni o‘sha yerda yaratdim va 
o‘sha joyga qaytargayman”. (Yana boshqa gal: “uni o‘sha yerdan chiqargayman”), deb 
javob aytadi. So‘ngra ruh jasadga qaytadi, unga ikki farishta kelib so‘rashadiki: 
“Rabbing kim?” Aytadi: “Rabbim Alloh”. “Dinning qaysi?”. “Islomdir”. Yana aytishadi: 
“Sizlarga yuborilgan kishi to‘g‘risida nima bilasan?” Javob beradiki: “U Allohning rasuli”. 
Aytishadiki: “Qanday bila-san?” “Allohning kitobi Qur’onni o‘qidim va unga imon 
keltirdim va uni to‘g‘ri deb bildim”, o‘shanda nido keladiki: “Bandam rost so‘zladi. Unga 
jannat to‘shaklaridan to‘shanglar va jannat liboslaridan kiygizinglar, jannat eshiklarini 
unga ochinglar. Jannat hidi, yaxshiligi kelib turadigan eshiklarni ochinglar”. Uning qabri 
ko‘z yetadigan masofada kengayadi. Uning oldiga chiroyli yuzli, xushbo‘y hidli bir 
farishta kelib aytarkanki: “Xursand bo‘lgin, mana bu kunki, seni xursand qiladi, bu kun 
xususida sen va’da olgan eding”. Mayyit so‘raydi: “Sen kimsan?” “Men sening yaxshi 
amallaringman. Yo Parvardigor, qiyomatni keltirginki, men o‘z ahlimga qaytayin”, deb 
aytadi. 
Agar kofir banda o‘lsa, dunyo olamidan uzilib, oxiratga kelayotgan bo‘lsa, uning oldiga 
qora yuzli farishtalar tushadi. Ularda dag‘al kanop mato ham bo‘ladi. Ular ko‘z yetadigan 
masofada o‘tirishadi, keyin o‘lim farishtasi kelib, u bandaning boshi ustiga o‘tirib 
aytadiki: “Ey iflos nafs, Allohning g‘azabiga chiqqin!” So‘ngra uning a’zolari ajratib 
tashlanadi. Jonni shunday oladiki, ho‘l jundan tikanli sixni sug‘urgandek. Olayotgan 
paytida tomir va paylari uzilib ketadi. Uni tezlik bilan olib o‘sha dag‘al matoga o‘raydilar. 
Undan eng badbo‘y hid chiqadi. Keyin uni olib osmonga ko‘tariladilar, qaysi bir 
maloikalar to‘dasi o‘tib qolsa, so‘rashadiki: “Bu qanday iflos ruh?” Aytishadiki: “Bu 
falonchining o‘g‘li falonchi”, deb yomon ismlar bilan atashadi. Hattoki, dunyo osmonida 
to‘xtasharkan, eshikni ochishni so‘rashadi, unga ochilmaydi...” Keyin Rasulluloh (s.a.v.) 
bu oyatni o‘qidilar: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin