Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
18
tushadilar. Shunda insonlar maloikalarga: “Sizlar kimsizlar?” Biz sizlardan ham ko‘ra 
hidlari bunchalar xushbo‘y, yuzlari bunchalar go‘zal kimsalarni ko‘rmaganmiz”, 
deyishadi. Maloikalar ularga: “Biz sizlarni shu hayoti dunyoda amallaringizni yozgan va 
oxiratda sizlar bilan birga bo‘ladigan do‘stlaringizmiz”, deydilar. 
Xullas, har bir aql egasi g‘aflat uyqusidan uyg‘onmoqligi lozim. 
G‘aflat to‘shagidan uyg‘onish alomatlari to‘rt narsadir: 
1. Dunyoning ishlarini qanoat bilan, shoshqaloqlik qilmasdan bajarish. 
2. Oxirat ishlariga hirs qo‘yish va uni shoshilib bajarish. 
3. Din ishlarini ilm va ijtihod bilan qilish. 
4. Xulq-atvor ishlarini nasihat bilan qilish. 
Kimdaki quyidagi besh xislat topilsa, insonlarning eng afzali deyiladi: 
1. Rabbisi qabul qiladigan ibodatda bo‘lishligi. 
2. Birovlar uchun uning g‘amxo‘rligi, foydasi yaqqol ko‘rinib turmoqligi.
3. Insonlar u qilsa, qo‘lidan keladigan yomonlilaridan omonda bo‘lishliklari. 
4. Odamlar qo‘lida bo‘lgan narsalardan, xoh mol-dunyo, xoh mansab bo‘lsin, umidni 
uzishligi. 
5. O‘lim uchun har vaqt hozir turmoqlligi. 
Ey birodarlar! Albatta, hammamiz o‘lishga mahkum, o‘lim uchun yaratilganmiz. Undan 
hech kim qochib qutula olmas. Alloh taolo bunday deydi: 
“Hech shak-shubhasiz, sen o‘luvchidirsan, ular ham o‘luvchidirlar”
(Zumar, 30); 
Ayting: 
“Agar sizlar o‘lishdan yo o‘ldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga biror 
foyda bermas”
(Ahzob, 16). 
Har bir musulmon kishiga o‘lim boshiga tushmasidan oldin o‘limga hozirlik ko‘rmoqlik 
vojibdir. Alloh taolo bunday deydi: 
“Rostgo‘y bo‘lsangizlar, o‘limni orzu qilinglar. Qilgan kirdikorlari sababli hargiz 
uni (o‘limni) orzu qilolmaydilar”
(Baqara, 94-95). 
Alloh taolo bizlarga, albatta Allohga va oxiratga hamda uning jannatiga ishonadiganlar, 
ya’ni sodiqlar o‘limni orzu qilishlarini bayon etadi. Va endi, albatta, Allohga ishonmay, 
oxiratni va Uning jannatini yolg‘on deguvchilar o‘z amallarinning yomonligi sababli 
o‘limdan qochadilar. Chunki mo‘min kishi o‘lim uchun har vaqt hozirlik ko‘radi va u 
Rabbisiga bo‘lgan ishtiyoqi bilan o‘limni orzu qiladi. Shu haqda Abu Dardodan rivoyat 
qilinadi. U aytadiki: “Men faqirlikni Rabbimga kamtarlik qilish uchun yaxshi ko‘raman va 
kasallikni gunohlarga kafforat bo‘lishligi uchun yaxshi ko‘raman. O‘limni Rabbimga 
mushtoq bo‘lganligim uchun yaxshi ko‘raman”. 
Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilindi: “Xoh bir xudojo‘y, haqgo‘y nafs bo‘lsin, xoh 
gunohkor, fojir nafs bo‘lsin, o‘lim unga yaxshidir. Agar o‘sha nafs yaxshilardan bo‘lsa, 
Alloh taolo aytadiki: 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin