www.ziyouz.com kutubxonasi
26
Allohning hamma saxiyliklari Alloh xohlaganicha yog‘iladi”.
Allohdan tavfiq va gunohdan saqlanishlikni so‘ray-miz, kibr-havodan, adashishliklardan
va g‘aflatda qolishlikdan, qabr azobidan panoh tilaymiz.
41. Albatta, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham qabr azobidan panoh tilar edilar.
42. Oyisha onamiz aytadi: “Men qabr azobi to‘g‘risida oldin bilmas edim. Bir kuni bir
yahudiy xotin mening oldimga kelib, bir narsa so‘radi. So‘ragan narsasini berdim, keyin
aytdi: Allohdan sen uchun qabr azobidan panoh tilayman. Men o‘yladimki, uning so‘zlari
yahudiylarning yo‘q ishlaridan bo‘lsa kerak, deb Payg‘ambar (s.a.v.) keldilar. Men u
kishiga o‘shani eslatdim. Menga xabar berdilarki: “Albatta, qabr azobi bordir”.
Har bir musulmon Alloh taolodan qabr azobidan panoh tilamoqligi vojibdir va qabrga
kirmasdan turib yaxshi amallar bilan tayyorlanmoqligi ham vojibdir. Chunki bu ishlar shu
dunyoda bo‘lib turgan bo‘lsa, unga yengil bo‘ladi. Agar qabrga kirsa, bir yaxshilik qilish
uchun ruxsat berilsa, deb orzu qiladi. Unga ruxsat berilmaydi. So‘ngra hasrat va
pushaymonda qoladi. Oqil kishi o‘liklar borasida o‘y-fikr qilmog‘i lozimdir. Chunki o‘liklar
ikki rak’at namoz o‘qishlariga ruxsat berishlarini yoki bir marta: Allohdan boshqa iloh
yo‘q. Muhammad (s.a.v.) Uning elchisidir”, deb aytmoqlikni yoki bir marta Allohga
tasbeh aytishlikni orzu qilishadi, lekin ularga ruxsat berilmaydi. Ular tiriklarga hayron
holda ajablanadilarki, ular kunlarini g‘aflat va bekorchilikda zoe o‘tkazayotirlar-ku, deb.
Ey do‘stim, kunlaringni bekor o‘tkazmagin. Chunki bu kunlar sening dastmoyangdir. Sen
molingni sarflashga qodirlikda davom etsang, foydaga erishasan. Chunki oxirat matohi
bu kuningda kasoddir. Bas, harakat qilgin, kasod vaqtda oxiratnning kasod matohini
jamlashga uringan. Chunki bir kun keladiki, bu matohlar aziz narsaga aylanadi. Sen aziz
kuning uchun kasod kunda bu matohni ko‘paytirgin. Albatta, sen u kunda bu narsani
talab qilishga qodir bo‘lmaysan. Alloh taolodan hojatmand va faqirona kun uchun
tayyorlanishga bizni muvaffaq qilishllikni so‘raylik. Bizlarni pushaymon bo‘lguvchilardan
qilmaginki, ular dunyo hayotiga qaytishlikni talab qiladilar, bas, javob berilmaydi ularga.
Sakarot-ul mavtni – o‘lim onini bizga va barcha musulmonlarga oson qilgin va bizni va
barcha musulmonlarni qabr azobidan o‘zing asragin, omin.
___________