www.ziyouz.com kutubxonasi
23
qabrning bir tomoniga dafn qildik. Uyga qaytgandan keyin uning bizlarda qolgan ba’zi
matolari bor edi, o‘shalarni oilasiga keltirdik va xotinnidan so‘radik: “U nima ish qilardi?”
Xotini aytdi: “U bug‘doy sotardi, u har kuni o‘ziga yetarli miqdordagi ovqatlikni olardi-da,
keyin qora bug‘doy poxolini uning o‘rniga tashlab, aralashtirib sotardi”.
Faqih rahimallohu aytadi: Bu xabar xiyonatlik ish qabr azobiga sabab bo‘lishiga dalildir.
Bu yerda tiriklar uchun ibrat shuki, xiyonatdan tiyilmoqlari kerakdir. Aytiladiki, albatta,
yer har kuni besh marta nido qiladi. Birinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda yurasan
va ichimga qaytasan!” Ikkinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda xilma-xil narsalarni
yeysan va ichimda seni qurtlar yeydi”. Uchinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda kulib
yurasan, ichimda hademay yig‘laysan”. To‘rtinchi nidosi: “Ey odam farzandi! Ustimda
shodu xursand yurasan, yaqinda ichimda xafa bo‘lasan”. Beshinchi nidosi: “Ey odam
farzandi! Ustimda gunoh qilasan, yaqinda ichimda azoblanasan”.
Amr ibn Dinordan rivoyat qilindi: “Madinalik bir kishining singlisi Madinaning bir chetida
yashar edi. O‘sha singlisi kasal bo‘lib qoldi va uni ko‘rib, qaytib keldi. Keyin singlisi o‘ldi.
Uni ko‘mish uchun kerakli narsalarni tayyorlaganlaridan so‘ng, qabrga olib borishdi.
Ko‘mib bo‘lib, uyiga qatgandan so‘ng, o‘zining hamyonini o‘sha qabrda qoldirgani esiga
tushdi. O‘rtoqlarining biridan yordam so‘radi, so‘ngra ikkalasi qabrga kelib, qabrni
kavlashib, hamyonni topishdi. O‘rtog‘iga aytdi: “Sen nariroqqa ketgin, men singlimning
holatini ko‘rayin”. So‘ng qabrni ustini o‘rab turgan narsalarni oldi va singlisining qabrida
o‘t shu’lalanib yonib turganligini ko‘rdi, so‘ng qabrni yopib uyiga qaytdi. Uyga kelib
onasidan: “Singlim nima ishlar qilishini ayting!” deb so‘radi. Onasi: “Nima uchun
singlingnni so‘rading, u axir o‘lgan-ku?”, dedi. U yana so‘radi: “Ayting”. Onasi aytdiki:
“Singling namozlarni kechiktirardi, namozlarni to‘liq, tahorat bilan o‘qimasdi,
qo‘shnilarning eshigiga kelib quloq tutib, ularning gaplarini eshitardi, gaplarini eshitib,
birovlarga yetkazardi...”
O‘sha chaqimchiligi uning qabr azobida qolishiga sabab bo‘lgan. Qabr azobidan kim najot
topmoqlikni xohlasa, u chaqimchilikdan o‘zini ozod qilishi kerakdir va boshqa
gunohlardan ham saqlanib, qabr azobidan qutulishi lozimdir. Unga Alloh Munkar-Nakir
savollarini oson qiladi. Alloh taolo aytadi: