Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
349
“O‘zing bizni jahannam azobidan asragil”
, jumlasigacha (Oli Imron, 190 – 191-
oyatlar) o‘qidilar. Keyin aytdilar: “Kim bu oyatni o‘qib, tafakkur qilmasa, vayl azobi
bo‘lsin”.
Ba’zi xabarlarda rivoyat qilinadi: “Kim
yulduzlarga qarab, uning ajoyibligini va Allohning
qudratini fikr qilib:
“Parvardigoro, bu (borliqni) behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish
qilish aybidan) poksan. O‘zing bizni jahannam azobidan asragil”
,
degan oyatni
o‘qisa, unga osmondagi yulduzlar sanog‘icha yaxshilik yoziladi”.
Omir ibn Qaysning bunday deganlari rivoyat qilinadi: “Oxiratda odamlarning ko‘proq
xursand bo‘lishlari, ularning dunyoda xafachilikni uzun qilganlari sabablidir. Oxiratda
ko‘p kuluvchilar odamlar dunyoda ko‘p yig‘laganlardir. Odamlarning qiyomat kunida
iymon jihatidan ixlosmandlari dunyoda ko‘proq tafakkur qilganlaridir”.
920. Abu Dardo (r.a.) aytadilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: “Insonlar
orasida
shundaylari borki, ular yaxshilikka kalit, yomonlik uchun qulfdirlar. Shu tufayli
ularga ajr yoziladi. Insonlardan yana ba’zilari borki,
ular yomonlikka kalit, yaxshilikka
qulfdirlar. Shu tufayli ularga gunoh yoziladi. Yaxshilik uchun kalit bo‘lgan va yomonlik
uchun qulf bo‘lgan kishilar qanday ham yaxshi. Bir soatlik
tafakkur men uchun bir
kechalik ibodatdan yaxshidir”.
921. A’mash Amr ibn Murradan rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) tafakkur
qilayotgan qavmning oldidan o‘tayotib, ularga: “Yaratilgan narsalar haqida fikr qilinglar.
Yaratuvchi haqida fikr qilmanglar”, dedilar”.
922. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Shayton birontangizga kelib: “Osmonni kim
yaratdi?” deb so‘raydi. U: “Alloh taolo”, deydi. “Yerni kim yaratdi?” deb so‘raydi keyin.
Yana: “Alloh taolo”, deydi. “Allohni kim yaratdi?” deydi keyin. Agar birortalaringiz o‘sha
narsani sezsa, Allohga va Uning payg‘ambariga iymon keltirdim, desin”.
923. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadi. Aytdilar: “Bir
soat fikrlash bir yillik
ibodatdan afzaldir”.
Faqih aytadilar: “Agar inson fikrlash fazilatiga yetishni xohlasa, besh narsa to‘g‘risida fikr
qilsin:
1) Allohning mo‘’jiza va alomatlari to‘g‘risida;
2) Allohning botiniy va zohiriy ne’matlari to‘g‘risida;
3) Uning savobi to‘g‘risida;
4) Uning azobi to‘g‘risida;
5) Uning yaxshiligi va o‘zining jafosi to‘g‘risida.
Alloh taoloning mo‘’jiza va alomatlarini tafakkur qilish Alloh taoloning qudratiga
qarashdir. Alloh taolo osmonni
va yerni qanday yaratganiga, quyoshni sharqdan
chiqarib, g‘arbga botirayotganiga, kecha-kunduzni almashadigan qilib qo‘yganiga va
o‘zining xilqatiga nazar qilishdir. Alloh taolo aytadi:
Dostları ilə paylaş: