Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
350
daryolarda, hayvonot va nabotot olamida) hamda o‘zlaringizda (ushbu hayotga
kelib-ketishingizdan tortib vujudlaringizdagi har bir a’zolaringizda balki har bir
hujayralaringizning naqadar nozik tartib-intizom bilan yaratilib, o‘z o‘rniga
joylashtirilganida va o‘z zimmasidagi Yara tuvchi buyurgan vazifani quloq
qoqmasdan ado etib borishida) ishonuvchi zotlar uchun (Allohning qudratiga
dalolat qiladigan) oyat-alomatlar bordir. Axir ko‘rmaysizlarmi?”
(Zoriyot, 20 –
21-oyatlar).
Agar banda oyat-alomatlarga tafakkur bilan qarasa, ishonchi va ma’rifati ziyoda bo‘ladi.
Xudoning marhmati va ne’mati haqida fikrlash Uning ne’matlariga e’tibor qilishdir.
Hakimlardan ne’mat bilan marhamat orasidagi farqni quyidagicha belgilaganlar:
“Ne’matlarning ko‘rinib turgani
marhamat, ko‘rinmagani esa ne’matdir.
Buning oddiy
misoli – ikki qo‘l, ular Allohning marhamati, undagi quvvat esa, ne’mat. Yuz ham
Allohning marhamati, undagi chiroy – ne’mat. Og‘iz – marhamat, taomning ta’mini his
qilish – ne’mat. Agar kishida ikki oyoq bo‘lib, yurishga quvvat yetmasa, unga Alloh
marhamat qilibdi, lekin ne’mat bermabdi. Tomir va suyaklar marhamat. Ularning
sihatligi ne’matdir”.
Ba’zilar: ”Ne’matning yetishi – marhamat. Musibatni daf bo‘lishi esa, ne’mat”,
deyishadi. Ba’zilar buning ziddini aytishadi.
Yana aytilishicha, ne’mat va marhamat bitta narsa. Alloh taolo aytadi:
“Va agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar”
(Ibrohim, 34-oyat). Xullas, inson ne’mat va marhamatlar to‘g‘risida fikr qilsa,
muhabbati
ziyoda bo‘laveradi.
Uning savobi to‘g‘risida fikr qilish esa, Alloh taolo o‘z valiy-do‘stlari uchun jannatda
qanday karomatlar tayyorlaganining savobini fikrlashdir. Alloh, Uning savobi haqida fikr
qilish jannatga rag‘batni, uning talabida harakat qilishni,
Rabbining toatida quvvatni
ziyoda qiladi.
Azobi haqida fikrlash esa, Alloh taolo dushmanlari uchun do‘zaxda tayyorlab qo‘ygan
azoblar va xorliklarni fikrlashdir. Bu narsa unda qo‘rqinchni va gunohlardan tiyilish
quvvatini ziyoda qiladi. Unga qilingan yaxshiliklar to‘g‘risida fikrlash Alloh taoloning
ehsoni haqida fikr etishdir. Alloh uning gunohlarini berkitdi, azoblamadi va tavbaga
chaqirdi. O‘zining
jafosini fikr qilish esa, Allohning amrlarini tark etib, ma’siyatlar sodir
qilganiga nazar solishdir. Bunday tafakkur qilish hayo va xijolatni ziyoda etadi.
Qachon shu beshta narsa to‘g‘risida fikr qilsa, u Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan yaxshilikka
erishadi.
924. “Bir soat tafakkur qilish bir yillik ibodatdan yaxshidir”.
Bundan boshqa narsa to‘g‘risida
fikr qilinmaydi, agar fikr qilinsa, u vasvasadir.
Hakimlarning ba’zilari aytishadi: “Uch narsada fikr qilib bo‘lmaydi: Kambag‘allik
to‘g‘risida. Chunki, u g‘amni, xafalikni ko‘paytiradi va boylikka hirsni ziyoda qiladi; birov
zulm qilgan bo‘lsa, u to‘g‘rida ham fikr qilinmaydi, chunki qalbni qo‘pol qiladi,
adovatni
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: